Bobojonova Shohsanam Sharifboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining “axloq” umumiy semali atov birliklari tizimi”, 10.00.01 - O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil1539.
Ilmiy raxbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoynazarov Ikrom Imamovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi “axloq” umumiy semali atov birliklarning struktur, semantik va leksikografik muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi “axloq” umumiy semali birliklarining leksik tizimda alohida lug‘aviy-ma’noviy guruh sifatida barqaror o‘ringa egaligi atov birliklarning tarkibi ham boshqa mavzuiy guruhlar singari til tizimida shakl, mazmun va semantik strukturaga ega ekanligi isbotlangan;
“axloq” umumiy semali atov birliklarning ma’nodoshlari va umumiy, xususiy semantik ma’nosi orqali qo‘llanishidagi o‘zaro faol va nofaolligi bilan xarakterlanishi aniqlanib, atov birliklarning shakl va ma’no munosabatining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan lisoniy va nolisoniy omillari mavjudligi dalillangan;
o‘zbek tilidagi “axloq” umumiy semali atov birliklari shakliy strukturasiga ko‘ra so‘z, sodda, qo‘shma, juft so‘z shakllarida hamda murakkab va barqaror birikmalar shaklida ham uchrashi, so‘z shaklidagi birikmalar tub va birikma shaklidagi atov birliklar sodda va murakkab birikma shaklidagi birliklarga bo‘linishi aniqlangan;
“axloq” ma’noviy guruhi adolatli bo‘lish axloqi, vijdonli bo‘lish axloqi, vatanparvarlik axloqi, rostgo‘ylik axloqi, insonparvarlik axloqi, andishali bo‘lish axloqi, or-nomusli bo‘lish axloqi, sabr-toqatli bo‘lish axloqi, oilaparvarlik axloqi birliklari bilan “Ma’naviy munosabatlar axloqi” uyasini hosil qilib, milliy-ma’naviy va Sharq axloqini shakllantiruvchi eng asosiy tushunchalar ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Axloq” umumiy semali atov birliklarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi “axloq” umumiy semali birliklarining leksik tizimda alohida lug‘aviy-ma’noviy guruh sifatida barqaror o‘ringa egaligi atov birliklarning tarkibi ham boshqa mavzuiy guruhlar singari til tizimida shakl, mazmun va semantik strukturaga ega ekanligi isbotlanganiga oid xulosalaridan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligining “Leksika, leksik-semantik sath, leksikologiya va leksikografiya” deb nomlangan qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 27 martdagi 274-son buyrug‘iga muvofiq 274-312 raqami asosida ro‘yxatga olingan). Natijada darslikdagi leksemada shakl va mazmun yaxlitligini tahlil va tasnif qilish talqiniga doir ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitish imkonini bergan;
o‘zbek tilidagi “axloq” umumiy semali atov birliklari shakliy strukturasiga ko‘ra so‘z, sodda, qo‘shma, juft so‘z shakllarida hamda murakkab va barqaror birikmalar shaklida ham uchrashi, so‘z shaklidagi birikmalar tub va birikma shaklidagi atov birliklar sodda va murakkab birikma shaklidagi birliklarga bo‘linishi aniqlanganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida bajarilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 29 avgustdagi 17.01/167-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi “axloq” umumiy semali atov birliklari tizimini aniqlash va shu asosda til birliklarini tasniflashga doir ilmiy qarashlarning mukammallashtirish imkonini bergan;
“axloq” ma’noviy guruhi adolatli bo‘lish axloqi, vijdonli bo‘lish axloqi, vatanparvarlik axloqi, rostgo‘ylik axloqi, insonparvarlik axloqi, andishali bo‘lish axloqi, or-nomusli bo‘lish axloqi, sabr-toqatli bo‘lish axloqi, oilaparvarlik axloqi birliklari bilan “Ma’naviy munosabatlar axloqi” uyasini hosil qilib, milliy-ma’naviy va Sharq axloqini shakllantiruvchi eng asosiy tushunchalar ekanligi dalillanganiga oid xulosalaridan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Fayzli kun” hamda “Intellektual shou” dasturining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 avgustdagi 241-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dastur uchun tayyorlangan materiallar mazmun jihatidan takomillashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.