Maxmatqulov Jasur Isroil o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda giyohvandlik va xalqaro narkobiznesga qarshi kurash tarixi (1991-2021 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1032.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qaxramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Qodirov Quvonchbek Bekmurodovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mustaqillik yillarida giyohvandlik va xalqaro narkobiznesga qarshi kurash tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
O‘zbekistonda  giyohvandlikka qarshi kurashning ilk bosqichi (1991-1999 yillar) va  soha huquqiy asoslarining mustahkamlanishi (2000-2016 yillar),  xalqaro narkobiznesga qarshi kurash bo‘yicha oqilona davlat siyosatining yo‘lga qo‘yilishi,  yoshlar o‘rtasida ushbu yo‘nalishdagi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirilishi (2017-2021 yillar) kabi  bosqichlarda shakllanganligi asoslangan;
giyohvand moddalar savdosi va jinoyatlariga qarshi kurash muammolari (giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosati ishlab chiqilgan bo‘lsada, joylarda uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlari etarli darajada olib borilmaganligi, ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasida bu sohaga qisman e’tibor berilganligi) va giyohvandlik kasalligi bilan bog‘liq statistik raqamlarning o‘sib borishiga ta’sir etgan sabablar (giyohvandlikka chalinganlarni davolash bilan bog‘liq kamchilliklar, davolash o‘rinlari va  narkolog shifokorlarning etishmasligi) viloyatlar misolida aniqlangan;
oxirgi besh yilda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar dinamikasi Markaziy Osiyo davlatlari misolida shakllantirilib, respublikada bu boradagi jinoyatlarning kamayishiga Respublika narkotiklarni nazorat qilish davlat komissiyasi va milliy axborot-tahlil markazining tashkil etilishi va ularning xalqaro dasturlarda faol ishtiroki, Milliy xavfsizlik konsepsiyasida giyohvandlikka qarshi kurashga jiddiy e’tibor qaratilishi, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi yaqin hamkorligi, nufuzli xalqaro tashkilotlar tashabbusi bilan O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi kabi omillar ta’sir qilganligi dalillangan;
g‘arb davlatlariga giyohvand moddalarni olib o‘tishda g‘arbiy, sharqiy va janubiy yo‘nalishlarning mavjud bo‘lganligi, “janubiy” yo‘nalish bo‘yicha giyohvand moddalarini olib o‘tilishiga qarshi kurashda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston muhim rol` o‘ynaganligi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2021 yillarda O‘zbekistonda giyohvandlik va xalqaro narkobiznesga qarshi kurash ishi tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan: 
O‘zbekistonda  giyohvandlikka qarshi kurashning ilk bosqichi (1991-1999 yillar) va  soha huquqiy asoslarining mustahkamlanishi (2000-2016 yillar),  xalqaro narkobiznesga qarshi kurash bo‘yicha oqilona davlat siyosatining yo‘lga qo‘yilishi,  yoshlar o‘rtasida ushbu yo‘nalishdagi jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirilishi (2017-2021 yillar) kabi  bosqichlarda shakllanganligi  kabi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2022 yil 23 iyundagi 06-28-983-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar ongida giyohvandlik va uning ayanchli oqibatlari, xalqaro narkobiznes bo‘yicha asosiy tushunchalar xususida tasavvur hosil qilishga xizmat qilgan;
keyingi besh yilda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar dinamikasi Markaziy Osiyo davlatlari misolida shakllantirilib, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi yaqin hamkorligi, nufuzli xalqaro tashkilotlar tashabbusi bilan O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish va o‘quv kurslarida o‘qishi, O‘zbekiston bu borada jahon mamlakatlari reytingida salmoqli o‘rinlardan birini egallashi kabi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar organlari tarixi muzeyining “Ichki ishlar organlari mustaqillik yillarida” nomli 3-bo‘limini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 6 sentyabrdagi 2/2493-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi yoshlar ongida O‘zbekiston ichki ishlar idoralarining giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha faoliyatini, sohadagi islohotlar mohiyatini, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bu illatga qarshi kurashning ahamiyatini asoslab berish imkonini bergan;
giyohvand moddalar savdosi va jinoyatlariga qarshi kurash muammolari (giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosati ishlab chiqilgan bo‘lsada, joylarda uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlari etarli darajada olib borilmaganligi, ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasida bu sohaga qisman e’tibor berilganligi) va giyohvandlik kasalligi bilan bog‘liq statistik raqamlarning o‘sib borishiga ta’sir etgan sabablar (giyohvandlikka chalinganlarni davolash bilan bog‘liq kamchilliklar, davolash o‘rinlari va  narkolog shifokorlarning etishmasligi) viloyatlar misolida aniqlangan to‘g‘risidagi hamda g‘arb davlatlariga giyohvand moddalarni olib o‘tishda g‘arbiy, sharqiy va janubiy yo‘nalishlarning mavjud bo‘lganligi, “janubiy” yo‘nalish bo‘yicha giyohvand moddalarini olib o‘tilishiga qarshi kurashda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston muhim rol` o‘ynaganligi to‘g‘risidagi takliflar Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limida bajarilgan I-56-10/37-raqamli “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” shiori ostida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati bo‘limining 2022 yil 16 iyundagi 26-son ma’lumotnomasi). Bu esa talaba yoshlar ongiga davlatning giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha siyosatining mohiyatini singdirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish