Ergashev Dilmurod Adiljonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Fiziologik faol moddalar tutgan o‘g‘itlar va defoliantlar olishning fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T471.
Ilmiy maslahatchi: Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Rustambek Rasulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Umirov Farxod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karbonatli birikmalarni nitrat va xlorid kislotalarda parchalab, kal`siy-magniy nitratlari hamda kal`siy-magniy xlorat preparatlarini olish hamda ozuqlantiruvchi, fiziologik faol moddalar tutgan va etilen hosil qiluvchi birikmalar asosida kompleks ta’sir etuvchi o‘g‘itlar va defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘g‘itlar va defoliantlar olish jarayonini asoslovchi kal`siy va magniy nitratlari, nitrat monoetanolammoniy, kal`siy va magniy xloratlari, kal`siy va magniy xloratlari va xloridlari, karbamid, etanol, etilatsetat, 2-xloretilfosfonat va sirka kislotalarining monoetanolammoniyli tuzlari asosida 9 ta murakkab suv sistemalarining eruvchanligi aniqlanib, ular asosidagi sistemalarning politermik eruvchanlik diagrammalari qurilgan va qattiq fazalarning xususiyatlari aniqlangan;
yangi 4 ta kimyoviy birikmalarning Ca(ClO3)2·Mg(ClO3)2∙ 8SO(NH2)2·4H2O, Ca(ClO3)2·2H2O, Ca(ClO3)2·ClCH2CH2PO(OH)2· 2NH2CH2CH2OH, MgOHClO3·NH2CH2CH2OH·2H2O fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida fazalarning mavjudligi aniqlangan;
kal`siy nitrat, nitrat monoetanolammoniy, kal`siy va magniy xloratlari va xloridlari, karbamid, etanol, etilatsetat va sirka kislotalarining monoetanolammoniyli tuzlari ishtirokidagi sistemalarning reologik xossalari aniqlanib, “tarkib-xossa” diagrammalari qurilgan;
“Navbaxor” koni dolomitini nitrat kislota bilan parchalanish me’yorlari, ko‘piklanish jarayoni, CaO va MgO larini eritmaga o‘tish darajalari, fil`trlash, eritmaning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
“Navbaxor” koni dolomitini xlorid kislotasi bilan parchalanish kinetikasi, konsentratsiyasi, harorat va vaqt davomiyligiga bog‘liqligi, kal`siy-magniy xlorid eritmasini maqbul texnologik me’yorlari ishlab chiqarilgan;
kal`siy-magniy xloridini natriy xlorati bilan konversiya jarayonini maqbul sharoitlari aniqlangan;
tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddasi 37-41% bo‘lgan kal`siy-magniy xloratlarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yangi turdagi fiziologik faol moddalar asosida kompleks ta’sir etuvchi o‘g‘itlar va defoliantlarni maqbul tarkiblari va olish jarayonlarini texnologik tizimlari hamda ularni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida kal`siy nitrat, nitrat monoetanolammoniy, kal`siy-magniy xloratli preparat, karbamid va etilen hosil qiluvchi birikmalar asosida samarali, kompleks ta’sir etuvchi o‘g‘itlar va kam zaharli defoliantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Fandef-a’lo» defolianti uchun texnik shart O‘zstandart agentligi standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi tamonidan tasdiqlangan (Ts 04643516-15:2018). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini bergan;
yangi kam zaharli «Fandef-a’lo» defoliantlari Fargona viloyati o‘tloqi soz tuproq sharoitida Kuva tumanidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadkikot institutida (PSUEAITI) xamda shu tumandagi fermer xo‘jaliklari dala maydonlari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3732-son ma’lumotnomasi) Natijada, g‘o‘za barglarini to‘kilishini va ko‘saklarni pishib ochilishini tezlashtiruvchi kam zaharli defoliantlari ishlab chiqarib, hozirda ishlatilayotgan suyuq magniy xlorat defoliantiga nisbatan paxtadan 1,5-2,0 s/ga ortiq hosil olish imkonini bergan;
olingan tarkibida N, Sa, Mg li o‘g‘itlar Fargona viloyati o‘tloqi soz tuproq sharoitida Kuva tumanidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadkikot institutida (PSUEAITI) xamda shu tumandagi fermer xo‘jaliklari dala maydonlari joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3732-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida etishtirilgan paxta hosilini o‘z vaqtida yig‘ib olishni, mahalliy xom ashyolar asosida ko‘p funksiyali ta’sirga ega bo‘lgan, kam zaharli defoliantlar olish imkoniyatini bergan.