Kaxarov Erkinjon Maxmudjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Markaziy Qizilqum fosforitlarini mexanokimyoviy va termik faollashtirish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3203.
Ilmiy rahbar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, DSc.03/30.04.2021.T.106.04.
Rasmiy opponentlar: Turdialiev Umid Muxtoralievich, texnika fanlari doktori; Nurmurodov To‘lqin Isomurodovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhadislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Qizilqum fosforitlarini kislotasiz mexanokimyoviy va kislota-termik qayta ishlash orqali murakkab va aralash fosforli hamda termofosfatli o‘g‘itlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli xildagi MQ fosforitlari fosfat mineralining 2% li limon kislotasi va 0,2 M li trilon B eritmasida eruvchanlik qobiliyatining aralashtirish sikliga bog‘liq xususiyatlari aniqlangan;
murakkab NP va NPK-o‘g‘it tarkiblari o‘zgarishlarining fosforit : ammoniy tuzi va fosforit: ammoniy tuzi : kaliy xlorid massa og‘irlik nisbatlariga nisbatan bog‘liqligi aniqlangan;
o‘g‘itli va ozuqaviy termofosfatni fosforit : EFK og‘irlik nisbatiga hamda harorat va kuydirish vaqti kabi texnologik omillar ta’siriga bog‘liq olish sharoitlari aniqlangan;
"parchalanish – quritish – kuydirish" tizimini o‘z ichiga turli maqsadlardagi termofosfatlarni olishning soddalashtirilgan texnologik sxema yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
MQ past navli fosforitlari asosida o‘g‘itli va ozuqaviy termofosfatlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilqum koni fosforit unini kislota-termik qayta ishlash asosida o‘g‘itli termofosfat ishlab chiqarish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" AJ-QKning “2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimyozavod" AJ-QKning 2022 yil 2 iyundagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada, 3-4 yilda bir marta dehqonchilik uchun qo‘llaniladigan iqtisodiy samarador birlamchi fosforli o‘g‘it olish imkonini beradi;
Qizilqum koni fosforit unini kislota-termik qayta ishlash orqali ozuqaviy termofosfat olish texnologiyasi "Elektrokimyozavod" AJ-QKning “2022-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan ("Elektrokimyozavod" AJ-QKning 2022 yil 2 iyundagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada, ozuqaviy termik fosfatlardan chorvachilikda qoramol, parranda va baliqning sifatini oshirish va reproduktiv ko‘payishini yaxshilash imkonini beradi.