Jamolov Farxod Norkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘g‘onsiz suv olishda o‘zan jarayonlar jadalligini baholash (ABMK to‘g‘onsiz suv olish misolida)”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2157
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ernazar Jumaevich Maxmudov, texnika fanlari doktori, professor Axmedxodjaeva Ifoda Axmadjonovna
Yetakchi tashkilot - “O‘zbekiston milliy universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘g‘onsiz suv olishda o‘zan jarayonlari jadalligini baxolash orqali nasos stansiyalariga suv olish samaradorligini oshirishning gidravlik usullarini ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘g‘onsiz suv olish hududida oqimning asosiy gidrodinamik parametrlarini baholash usullari suv olish hududida oqim bo‘linishi hamda kam suvli davrda oqimning harakati inobatga olib ishlab chiqilgan;
to‘g‘onsiz suv olish hududida suv oqimining harakatini ifodalovchi Sen-Venan tenglamasi asosida suv oqimini harakatini ifodalovchi ikki o‘lchamli matematik model takomillashtirilgan;
loyqali oqim parametrlarini aniqlash imkonini beradigan o‘zandagi  deformatsiyani hisoblash usuli oqimning gidravlik parametrlarini o‘zgarishini inobatga olib ishlab chiqilgan;
suv olish kanaliga oqimni yo‘naltiruvchi pioner xandaqni konstruktiv elementlarini kanalga cho‘kindilar kirishini inobatga olib gidravlik sxemalari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘g‘onsiz suv olishda o‘zan jarayonlari jadalligini baholash va inshootning ekspluatatsion sharoitini yaxshilashda gidravlik usullarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
to‘g‘onsiz suv olish hududida suv oqimining harakatini ifodalovchi ikki o‘lchamli takomillashtirilgan matematik modeli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 11-maydagi MQ42401504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv oqimi va o‘zan tubi oqiziqlari orasidagi bog‘lanish qonuniyatlari va to‘g‘onsiz suv olish inshooti sohasida o‘zandagi jarayonlar xarakterini aniqlash imkoni yaratilgan.
suv olish kanaliga oqimni yo‘naltiruvchi pioner xandaqning konstruktiv elementlari kanalga  cho‘kindilarning kirishini inobatga olgan gidravlik sxemalari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi tomonidan joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 11-maydagi MQ42401504-sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘onsiz suv olishda o‘zan jarayonlarining oldi olingan va oqimni suv olish kanaliga yo‘naltirish orqali eksplutatsion samaradorlikni 12 %ga yaxshilash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish