Bobomurodov Furqat Farxod o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘langan gruntlarda o‘tadigan kanallarning yuvilish jarayonini eksperimental tadqiq qilish”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD /T2562
Ilmiy raxbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Fayziev Xomitxon, texnika fanlari doktori, dotsent Samiev Luqmon Nayimovich
Yetakchi tashkilot -Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘langan gruntli trapesiya shaklidagi kanallarda oqim yuvilish va kritik tezliklarini hisob usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘langan gruntli trapesiya shakldagi kanallarda yuvilish tezligini va yuvilish intensivligini aniqlash usuli gruntning namligi inobatga olingan holda takomillashtirilgan;
bog‘langan gruntli trapesiya shaklidagi kanallarda suv oqimining yuvish, o‘rtacha kritik va o‘zan tubi kritik tezliklarini aniqlash bo‘yicha bog‘lanishlar, namlanish perimetrining suv sathi kengligiga nisbatini hisobga olib takomillashtirilgan;
bog‘langan gruntli kanallar o‘zanlarining yuvilish jarayonini gidravlik hisob usuli trapetsiadal kanallarning gidravlik parametrlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
bog‘langan gruntli trapesiya shakldagi kanallarda suv oqimining kritik tezliklarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bog‘langan gruntli kanallarda oqim kritik tezliklarining hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bog‘langan gruntli kanallarda oqimning kritik tezliklarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli “Do‘stlik” kanalida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 03/26-2141-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi hisobiga 8-10 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
bog‘langan gruntli kanallarda oqimning kritik tezliklarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” MChJ da joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 03/26-2141-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi asosida 8-10 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
«Rekomendatsii po raschetu nerazmivayushix skorostey vodnogo potoka kanalov v svyaznix i zasolennix gruntax » nomli ilmiy tavsiyalar “Suv xo‘jaligi vazirligi” tasarrufidagi “Gidroproekt” AJ va “UZGIP” AJ loyihalash institutlarida gidrotexnika inshootlarini loyihalashda foydalanish uchun qabul qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 03/26-2141-raqamli ma’lumotnomasi). Loyihalash ishlari natijasida kanal deformatsion jarayonlarining kamayishiga va foydalanish samaradorligini 5-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.