Jumaev Laziz Rajabovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «So‘lak bezlari reaktiv-distrofik kasalliklari tashxisi, patogenetik davosi va profilaktikasini takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Tib491.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Baymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kabanova Arina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Belarus Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti (Turkiya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: so‘lak bezlari reaktiv-distrofik kasalliklari erta tashhisi, patogenetik davosi, profilaktikasini takomillashtirishdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli etiologik tavsifga xos so‘lak bezi kasalliklari strukturasida ko‘p miqdordagi kuzatilish chastotasi sialodenit va reaktiv-distrofik turdagi patologik o‘zgarishlar hissasiga to‘g‘ri kelishi hamda giposalivatsiya va og‘iz qurishi simptomlarining klinik xususiyatlari asoslangan;
so‘lak bezining reaktiv-distrofik patologiyasi shakllanishida  bemorlar yoshi va og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi o‘rni muhimligi, so‘lak tarkibidagi glikozaminglikanlar tarkibi, kristall tuzilmalar miqdoriy va sifat o‘zgarishlarida aks etishi isbotlangan;
tibbiy-ijtimoiy tadqiqot natijalari stomatolog mutaxassislarning so‘lak bezlari kasalliklarini tashhislash va qiyosiy tashxislash, davolash, oldini olish va kasallikdan keyingi reabilitatsiyasi to‘g‘risida etarlicha bilim va malaka ko‘nikmalariga ega bo‘lmaganliklari isbotlangan;
klinik-funksional va klinik-rentgenologik usullar yordamida ilk bor so‘lak bezlarida so‘lak miqdori kamayishi, tarkibida glikozaminglikanlar miqdori oshishi natijasida so‘lak bezida reaktiv-distrofik salbiy o‘zgarishlarning shakllanishi va diagnostik qiymati asoslangan;
so‘lak bezlari reaktiv-distrofik kasalliklarini kompleks patogenetik davolashda neyrostimulyator, trombotsitar autoplazma, enzimoterapiya, antikoagulyant vositalarni qo‘llash, uqalash va jismoniy mashq muolajalarini peshma-pesh, o‘z vaqtida o‘tkazish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
So‘lak bezlari reaktiv-distrofik kasalliklari tashhisi, patogenetik davosi va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
so‘lak bezlari reaktiv-distrofik kasalliklarini optimal davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «So‘lak bezlarining reaktiv-distrofik kasalliklarini kompleks davolash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 apreldagi 8n-r/350-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma so‘lak bezlarining reaktiv-distrofik kasalliklariga ishlab chiqilgan terapevtik chora-tadbirlar kompleksining samaradorligini aniqlash imkonini bergan;
bemorlar so‘lak bezlari reaktiv-distrofik kasalliklari biokimyoviy tashhisi samarasini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «So‘lak bezlarining reaktiv-distrofik kasalliklarining biokimyoviy diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 23 apreldagi 8n-r/370-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma so‘lak bezlari reaktiv-distrofik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda qon tomir devorining tromborezistentligida sezilarli buzilishlar mavjudligi, bu endoteliyning antikoagulyant va fibrinolitik xususiyatlari o‘zgarishi, biriktiruvchi to‘qima metabolizmi ko‘rsatkichlarini aniqlash imkonini bergan;
so‘lak bezlari reaktiv-distrofik kasalliklarini tashhislash, patogenetik davolash va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilib, Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 maydagi 8n-z/190-son ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi davolashning yangi usullarini qo‘llash orqali tibbiy yordam sifatini oshirish, kasallik asoratlarini kamaytirish va bemorlarning statsionar davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish