Mutalibov Anvar Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi diagnostikasi va jarrohlik  usulining zamonaviy jihatlari», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2575.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sataev Valeriy Uralovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi yangi kam invaziv jarrohlik usullarini ishlab chiqish orqali bolalarda ko‘krak qafasining girdobsimon deformatsiyasini davolash natijalarining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatida ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining uchrash chastotasi, og‘irlik darajasini bemorlarning yoshiga nisbatan tobeligi aniqlangan;
ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining turli og‘irlik darajalarida instrumental diagnostik usullarni (MSKT, ExoKG, spirografiya) qo‘llash orqali  yurak-qon tomir va nafas olish tizimi patologiyalarning chastotasi va kechish xususiyatlari aniqlangan;
ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining II va III og‘irlik darajalarida bir vaqtning o‘zida ko‘krak qafasining ikkala plevral bo‘shlig‘ini nazorati ostida maxsus metaloplastinani o‘rnatish orqali videotorakoplastika jarroxlik usuli takomillashtirilgan;
bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi uchun videotora-koplastikaning takomillashtirilgan kam invaziv usulini qo‘llash natijasida intraoperatsion va operatsiyadan keyingi asoratlarni sezilarli darajada kamayganligi sababli davolash samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
Bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi diagnostikasi va jarrohlik usulining zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalariga asosida:
ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bilan kasallangan bemorlarni tashxislash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Ko‘krak qafasi deformatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarni tekshirishning zamonaviy usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 oktyabrdagi 8n-r/1115-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemorlarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasining turi, kechishi va og‘irlik darajasiga ko‘ra diagnostika usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasini davolash usullarni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda ko‘krak qafasi deformatsiyasini jarrohlik yo‘li bilan davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlagan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 03 oktyabrdagi 8n-r/1058-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasida zamonaviy kam invaziv jarroxlik davolash usullarini optimallashtirish imkonini bergan;
ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi bilan kasallangan bemorlarni diagnostika qilish va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatida, xususan, jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi klinikasi, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 8 noyabrdagi 08n-z/598-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi bolalarda ko‘krak qafasi girdobsimon deformatsiyasi videotorakoplastikaning yangi kam invaziv usulini  qo‘llash orqali bolalarda kasallikni yaqin va uzoq muddatli davrlarda uchraydigan asoratlar chastotasini kamaytirish, ularni oldini olish va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish