Botirova Sayyora Yakubjonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilmiy bilishda fanlararo yondashuvlarning metodologik muammolari», 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal11

Ilmiy rahbar: Abdullaeva Mahbuba Nurullaevna, falsafa fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jandarovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qahhorovich, falsafa fanlari doktori, professor

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Ilmiy bilishda fanlararo yondashuv, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarning falsafiy-nazariy jihatlarini tadqiq etishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

fanlararo yondashuvning falsafiy-nazariy asoslari va namoyon bo‘lishining tizimli ko‘rinishlari ochib berilgan;

fanlararo yondashuv asosida sohaviy fanlar uchun umumiy tushunchalar, metodologiya, konsepsiyalarni vujudga kelish jarayonida fanning tizim sifatida takomillashib borishini statik va o‘zgaruvchan jihatlari ochib berilgan;

sinergetikaning fanlararo tadqiqot usuli sifatidagi evristik va nochiziqli imkoniyatlari asoslangan;

falsafani o‘qitishda fanlararo yondashuvning epistemologik jihatlariga asoslanib ilmiy tadqiqotlarni chuqur o‘rganish, falsafiy ta’limni dialog usulida olib borish takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ilmiy bilishda fanlararo yondashuvlarning metodologik muammolari bo‘yicha ishlab chiqilgan falsafiy-metodologik taklif va tavsiyalar asosida:

fanlararo yondashuvning falsafiy-nazariy asoslari, namoyon bo‘lishining tizimli ko‘rinishlari va epistemologik jihatlari «Epistemologiyaning zamonaviy muammolari» nomli oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma II kitobning IV bobida batafsil izohlab berilgan (I-II kitoblardan iborat, Toshkent, 2012). O‘quv qo‘llanma mazkur yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy manba bo‘lib xizmat qilingan;

fanlararo yondashuv asosida sohaviy fanlar uchun umumiy tushunchalar, metodologiya, konsepsiyalarni vujudga kelish jarayonida fanning tizim sifatida takomillashuvi metodologiyasi tahlilidan Namangan davlat universitetida Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlar doirasida 2012-2016 yillarda bajarilgan F-7-19-raqamli «Mahalliy xom ashyo manbalaridagi polisaxaridlar polikomplekslarining molekulyar massaviy va konformatsion tavsiflari hamda ularning tarkibi, tuzilishi va xossalariga ta’siri» mavzusidagi fundamental tadqiqotlar loyihasida qo‘llanigan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 12 oktyabrdagi FTA-02-11/855-son ma’lumotnomasi). Ushbu fundamental loyihani amalga oshirishdagi biologiya, kimyo va fizika fanlarning o‘zaro uyg‘unligi fanlararo yondashuvlarni aks ettirgan va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan;

mamlakatimiz yoshlari ma’naviyatini yuksaltirish, Vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash, mustahkam e’tiqod hamda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlarda sinergetikaning fanlararo tadqiqot usuli sifatidagi evristik va nochiziqli imkoniyatlari, falsafiy ta’limni dialog usulida olib borishga oid taklif va tasiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 2017 yilgi ish rejasining «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish» deb nomlangan 2-yo‘nalishi 5-bandidagi «Mafkuraviy imunitet» mavzuida tashkil etilgan o‘quv-seminar treninglarda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 25 oktyabrdagi 02/03-072-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi yoshlarda ma’naviy barkamollik salohiyati, milliy tafakkuri yuksalishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish