Karimova Maqsuda Axmedjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulotning organizmga ta’sirining mikrobiologik jihatlari», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib1382.
Ilmiy rahbar: Matnazarova Gulbahor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Abduxalilova Gulnora Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Sinyashina Lyudmila Nikolaevna, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulotning organizmga ta’sirining mikrobiologik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribada gen-modifikatsiyalangan soya ta’sirida laboratoriya xayvonlari yo‘g‘on ichagida chuqur disbiozni tavsiflovchi indigen mikroorganizmlar miqdorining kamayishi, fakul`tativ mikrofloraning oshishi aniqlangan;
ilk bor Bifidobacterium spp va Lactobacillus spp miqdoriy ko‘rsatkichi kamayishi, laktozapozitiv Escherichia coli unmagani, Enterobacter spp va Proteus spp nazorat guruhiga nisbatan 4,54 va 3,75 martaga ko‘paygani, grammusbat kokklar ko‘rsatkichlarida guruhlararo nomuvofiqlik bo‘lishi, Candida spp 1,94 martaga ko‘p ungani yo‘g‘on ichak disbiozining beshta elementi sifatida ko‘rsatib berilgan;
tajribaviy tadqiqotlar asosida intakt laboratoriya xayvonlarida disbioz belgilari yo‘qligi, gen-modifikatsiya qilinmagan soya bilan boqilganlarda disbioz belgilari zaif rivojlangani (I-daraja), gen-modifikatsiyalanggan soya bilan boqilganlarda disbioz belgilari yaqqol namoyon bo‘lgani (II-daraja) isbotlangan.
gen-modifikatsiyalangan mahsulotning tajribada organizm me’yoriy mikroflorasiga ta’sir xavfi darajasi ko‘rsatib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulot soyaning organizmga mikrobiologik xususiyatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gen-modifikatsiyalangan soyaning tajribada yo‘g‘on ichak mikroflorasi ko‘rsatkichlariga ta’sir darajasini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulotlarning yo‘g‘on ichak mikroflorasiga ta’sirini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 8n-z/288-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gen-modifikatsiyalangan soyaning tajribada yo‘g‘on ichak mikrobiotsenoziga ta’sirini baholash orqali ushbu mahsulot mikrobiologik jihatlarini to‘liq aniqlash imkonini bergan; 
tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulotlarning yo‘g‘on ichak mikroflorasiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi, Urganch shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limi va Shovot tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limlariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 noyabrdagi 08-37669-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari gen-modifikatsiyalangan soya mahsulotining yo‘g‘on ichak me’yoriy mikroflorasi ko‘rsatgichlariga va bakterial translokatsiyaga ta’sirini aniqlash va tahlil qilish gen-modifikatsiyalangan mahsulotning biologik va tibbiy xavfsizligini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish