Nazarov Qudratillo Bozorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Terrigen bo‘r yotqiziqlarining petrofizik xususiyatlarini modellashtirish natijasida Gazli ko‘tarilmasining neftgazliligini bashoratlash», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/GM125.
Ilmiy rahbar: Zokirov Ravshan Tulkinovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti DM, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar Irgashev Yo‘ldashboy, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Sharafutdinova Leyla Polatovna, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft` va gaz konlarining geologik va texnologik modellarini dinamik fil`tratsiya–sig‘im xususiyatlariga asoslangan holda petrofizik ta’minlash tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geomodellashtirishning barcha bosqichlarida kollektorning samarali g‘ovakligidan foydalangan holda seysmik inversiyani va quduqlarning geofizik tadqiqot (QGT) ma’lumotlarini talqin qilishgacha tuzilgan geologik va gidrodinamik modellarni petrofizik usulda ta’minlashni zarurligi va ularning modellari isbotlangan;
tayanch parametrlarga asoslangan donador kollektorlarning samarali va dinamik g‘ovakliligini analitik petrofizik modellarining istiqbollari maksimal va samarasiz g‘ovaklikka ega bo‘lgan kollektorlarining chegaraviy holatlariga asoslangan;
QGT usullari interpretatsion parametr sifatida normallashtirilgan samarali g‘ovaklik qiymatidan foydalanishga kerakligi asoslangan;
turli tarkibli kollektorlarning petrofizik uslubiy prinsipi ishlab chiqilgan bo‘lib, u normallashtirilgan samarali g‘ovaklilikning bir xil qiymatlariga ega bo‘lgan turli qatlamlarda harakatlanuvchi suyuqlikning nisbiy hajmi bir xil bo‘lishi va ularning xarakterli petrofizik va geofizik parametrlari jihatidan farqli munosabatlari bir–biriga to‘g‘ri kelishi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gazli ko‘tarilmasining neft` va gaz tarkibini bashoratlash va terrigen bo‘r yotqiziqlarining petrofizik xususiyatlarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gazli konining donador kollektorlarining samarali g‘ovakliligini aniqlash asosida uglevodorod uyumlarini modellashtirishning petrofizik ta’minlash tizimi bo‘yicha tavsiya MChJ «Gazli Gas Storage» qo‘shma korxonasida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 10 iyundagi 02/18-7/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, Gazli konidagi 1001–1021–sonli quduqlarda quyi bo‘r yotqiziqlaridan neft` olish kuniga 34,6 t/sutkagacha oshirish imkonini bergan;
Mullahol konining petrofizik modelini yaratish algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar MChJ «SANOAT ENERGETIKA GURUHI» XK korxonasida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 10 iyundagi 02/18-7/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, Mullaxol konidagi 12, 24, 37 va 47-sonli quduqlarida quyi bo‘r yotqiziqlaridan kuniga 24 tonnagacha neft` olish imkonini bergan;
G‘arbiy va Sharqiy Toshli konlarida o‘tkazib yuborilgan ob’ektlar va mahsuldor gorizontlarni sinovdan o‘tkazishda yura va bo‘r yotqiziqlaridagi uyumlarning geologik modellari MChJ «SANOAT ENERGETIKA GURUHI» XK korxonasida joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJning 2022 yil 10 iyundagi 02/18-7/09-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu konlardagi bo‘r va yura davri yotqiziqlarida o‘tkazib yuborilgan qatlamlardan sutkasiga 110 tonnagacha neft` oqimini olish imkonini bergan.