Shodmonov Feruzjon Qamariddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dengizko‘l suv havzasidagi baliqlar turlarini aniqlash va ulardan o‘txo‘rlarini ko‘paytirish biotexnologiyasi», 03.00.12 – Biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V619.
Ilmiy rahbar: Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.72.02. 
Rasmiy opponentlar: Murodova Sayyora Sobirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Jumaev Farhod Hojiqurbonovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Dengizko‘lning gidrokimyoviy tarkibi, baliq turlari hamda yuksak va tuban suv o‘simliklarining yetakchi turlarini aniqlash orqali istiqbolli o‘txo‘r baliqlar turlari mahsuldorligini oshirishning biotexnologik usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dengizko‘l ko‘lida al`gofloraning 4 bo‘lim, 9 sinf, 19 tartib, 25 oila, 32 turkumiga mansub 123 turi va tur xillari, yuksak o‘simliklarning 24 oilaga mansub 69 turi uchrashi, shundan 17 turi ko‘l suvida va 52 turi uning atrofidagi mayda suv havzalarida tarqalganligi aniqlangan.
Dengizko‘l suvining gidrokimyoviy tarkibi va uning mavsumiy o‘zgaruvchanligi aniqlangan;
Shlorella vulgaris Beijer. va Scenedesmus obliquus (Turp.) Kütz. ning al`gologik toza hujayrasi, Lemna minor L.va Azolla caroliniana Willd. yuksak suv o‘simliklari ajratib olinib, laboratoriya sharoitida suvlarni organo-mineral moddalardan tozalash darajalari asoslangan;
Shlorella vulgaris Beijer. va Scenedesmus obliquus (Turp.) Kütz., Lemna minor L. va Azolla caroliniana Willd. larning turli oziqa muhitlarida ko‘payishi va yuqori darajada biomassa hosil qilish xususiyatlari ochib berilgan;
ilk bor,oq do‘ngpeshona va oq amur baliqlari biotexnologik usulda etishtirilgan tuban va yuksak suv o‘simliklari biomassasini oziqa sifatida qo‘llangan holda oq do‘ngpeshona 16,5 va oq amur balig‘ining mahsuldorlik darajasi 5,8-8,0 foizga oshirish  baholangan;
ilk bor, oq do‘ngpeshona Shlorella vulgaris Beijer. va Scenedesmus obliquus (Turp.) Kütz. va oq amur balig‘ini Lemna minor L. va Azolla caroliniana Willd. biomassalari bilan oziqlantirishning samarador va kam xarajat biotexnologik usullari ishlab chiqilgan.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dengizko‘l suv havzasidagi baliq turlarini aniqlash va ulardan o‘txo‘rlarini ko‘paytirish biotexnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shlorella vulgaris Beijer. va Scenedesmus obliquus (Turp.) Kütz. o‘simliklari Dengizko‘ldagi “Javohir Mirzo Saxovat Balig‘i” MChJ va “Umidjon Charos Fayz” MChJ baliqchilik fermer xo‘jaliklarida oq do‘ngpeshona baliqlariga ozuqa sifatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2022 yil 18 fevraldagi 09/161-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliq mahsuldorligi qo‘shimcha 100-104 kg/ga dan 116-121,7 kg/ga ya’ni 16,5% ga oshirish imkonini bergan;
Dengizko‘l suv havzasining gidrokimyoviy holatini yaxshilash va tabiiy ozuqa bazasini rivojlantirish uchun “Javohir Mirzo Saxovat Balig‘i” MChJ va “Umidjon Charos Fayz” MChJ baliqchilik fermer xo‘jaliklarida mikroskopik suv o‘simliklari Shlorella vulgaris Beijer. va Scenedesmus obliquus (Turp.) Kütz. yuksak suv o‘simliklari Lemna minor L., Azolla caroliniana Willd.dan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022 yil 06 apreldagi 02/23-665-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajriba hovuzlarida naslli o‘txo‘r ota-ona baliqlarining stress holati kamayib, ikralarning tabiiy otalanish davrigacha saqlangan ona baliqlar uvildiriq mahsuldorligini 22% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish