Qayumova Yorqinoy Qobilovananing 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Farg‘ona vodiysi yalangbaliqlari (Teleostei: Nemacheilidae) faunasi va ekologiyasi», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2022.2.PhD/B733.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Ulug‘bek To‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.B.05.06.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulaxmet Raimberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Xusanov Alisher Karimovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi suv havzalarida uchraydigan Nemacheilidae oilasiga mansub yalangbaliqlarning tur tarkibi, suv havzalari bo‘ylab tarqalishi, turlarning morfometrik ko‘rsatkichlarga asoslangan taksonomik farqlarini aniqlash hamda vodiy yalangbaliq turlarining tarqalishi bo‘yicha geoaxborot  ma’lumotlarini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi suv havzalarida uchrovchi Nemacheilidae oilasiga mansub yalangbaliqlar 4 urug‘ 8 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
Sirdaryo havzasiga kiruvchi So‘x daryosidan yalangbaliqlarning yangi turi –Triplophysa daryoae Sheraliev, Kayumova & Peng, 2022 fanda ilk bor qayd etilgan;
Triplophysa daryoae, T. elegans hamda T. uranoscopus yalangbaliq turlari mitoxondrial DNK (mtDNK) ning sitoxrom oksidaza I (COI) geni nukleotidlari asosida molekulyar identifikatsiya qilingan;
Farg‘ona vodiysi suv havzalarida tarqalgan T. daryoae, T. ferganaensis, T. elegans, T. strauchii hamda ushbu urug‘ning boshqa zoogeografik mintaqalarda tarqalgan turlarining o‘zaro filogenetik shajara daraxti Bayes xulosasi (BI) va maksimal ehtimollik (ML) metodlari asosida ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston, jumladan, Farg‘ona vodiysi suv havzalarida tarqalgan Triplophysa urug‘i turlari o‘zaro morfometrik qiyosiy asosga ko‘ra fenetik jihatdan asoslangan;
Farg‘ona vodiysi yalangbaliq turlarining qiyosiy tahlili o‘zaro morfometrik jihatdan asoslab berilgan;
kamyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yalangbaliq turlarining kadastri yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Farg‘ona vodiysi suv havzalarida uchraydigan Nemacheilidae oilasiga mansub yalangbaliq turlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Triplophysa daryoae, T. elegans, T. uranoscopus turlarining COI nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlari Biotexnologik axborotlar milliy markazi GenBanki bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi, blast.ncbi.hlm.hih.gov). Natijada, Triplophysa daryoae – OK377300, T. elegans – OK377301, T. uranoscopus – OK377302 inventar raqamlari olingan va ular xalqaro miqyosda yalangbaliqlar filogeniyasini molekulyar-genetik identifikatsiyalash imkonini bergan;
So‘x daryosidan ilk marta topilgan Triplophysa daryoae yalangbaliq turi Zoologiya nomenklaturasining rasmiy reestri – ZooBank da ro‘yxatdan o‘tkazilgan (https://zoobank.org/) va tegishli tartibda maxsus LSID (urn: lsid:zoobank.org:act:8CE5BCB5-F671-4270-BFA3-7884DEF0BED7) olingan. Natijada, mazkur tur xalqaro zoologiya nomenklatura Kodeksi talablari asosida Triplophysa urug‘ining butun faunasi hamda Markaziy Osiyo tog‘ hududlari ixtiofaunasining xilma-xilligini aniqlash hamda elektron bazasini yaratish imkonini bergan.
Farg‘ona vodiysi suv havzalari yalangbaliqlar ixtiofaunasiga mansub 3 urug‘, 5 turga mansub jami 47 ta baliq namunalari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining «Zoologiya kolleksiyasi» noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 4/1255-2479-son ma’lumotnomasi). Natijada, mavjud baliqlar kolleksiyasi fondini yangi namunalar bilan boyitgan va baliqlar turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarni sistematik tahlil qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish