Mamasoliev Ikrom Ubaydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi nemis tilida ilova konstruksiyalarning stilistik-pragmatik funksiyalari”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1590
Ilmiy rahbar: Begmatov Muxtor, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped 83.01.
Rasmiy opponentlar: Yaxshiev Ashur Abdievich, filologiya fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda ilova konstruksiyaning stilistik-pragmatik funksiyalarini aniqlash, matn tahlili nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilovali elementlar gapning pragmatik mazmunini kengaytirib, uzatilayotgan axborotga nisbatan tinglovchining e’tiborini jalb etuvchi hamda fikrni konkretlashtiruvchi omil ekanligi aniqlangan;
ilova konstruksiyada badiiy tasvir vositalarining ilovali element sifatida tasvirlanayotgan voqea-hodisa haqida kitobxonga to‘liq ma’lumot beruvchi, hodisa mohiyatini teran anglash va fahmlash uchun qo‘llanilib, uning fikr-xayoliga hissiy ta’sir etuvchi emotsional-ekspressiv xususiyatlari ochib berilgan;
hozirgi zamon nemis tili ilova konstruksiyasidagi ilovali elementlar tarkibiga xos bo‘lgan leksik-semantik komponentlarning til birliklari yordamida namoyon bo‘ladigan matnning mantiqiy mazmunini kitobxon ongiga etkazib beruvchi stilistik-pragmatik xususiyatlari mavjudligi dalillangan;
ilova konstruksiya tarkibidagi nutqiy birliklar kommunikativ-pragmatik ma’nosining muloqot maqsadlariga erishish vositasi sifatida fikrning mazmun-mohiyati va asosiy vazifalarini tushunish imkonini berishi sababli funksional-semantik nuqtai nazardan tavsiflanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosalar, ishlanma hamda takliflar asosida:
ilovali elementlar gapning pragmatik mazmunini kengaytirib, uzatilayotgan axborotga nisbatan tinglovchining e’tiborini jalb etuvchi hamda fikrni konkretlashtiruvchi omil ekanligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutining I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida mutaxassislik fanlardan axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida virtual resurslar yaratishda ilovali elementlarning ilova konstruksiya doirasida stilistik-pragmatik ma’nosini tahlil qilish asosida, komponent tahlil, tavsifiy-tahliliy, statistik metodlaridan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 11 dekabrdagi 3357/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada “Matnning filologik tahlili”, “Badiiy matnning konseptologik tahlili”, “O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari”, “O‘qish va yozish ko‘nikmalari” fanlaridan talabalarga nemis tilidagi ilova konstruksiyalarning ifodalanish usullarini tatbiq qilish orqali pragmatik nuqtai nazardan takomillashtirishga xizmat qilgan;
ilova konstruksiyada badiiy tasvir vositalarining ilovali element sifatida tasvirlanayotgan voqea-hodisa haqida kitobxonga to‘liq ma’lumot beruvchi, hodisa mohiyatini teran anglash va fahmlash uchun qo‘llanilib, uning fikr-xayoliga hissiy ta’sir etuvchi emotsional-ekspressiv xususiyatlarini ochib berishga doir mulohazalardan 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities” (CLASS: “Markaziy Osiyo Universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish”) nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 28 dekabrdagi 3479/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘qituvchi va talabalarning tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik va kompyuter lingvistikasi borasidagi bilimlarini oshirish hamda til tizimi bilan bog‘liq muammolarning amaliy echimiga qaratilgan va aniq maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar, shuningdek, matnlarni tahrirlash, kompyuter tarjimasi, elektron lug‘atlarini yaratish uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ilova konstruksiya tarkibidagi nutqiy birliklar kommunikativ-pragmatik ma’nosining muloqot maqsadlariga erishish vositasi sifatida fikrning mazmun-mohiyati va asosiy vazifalarini tushunish imkonini berishi sababli funksional-semantik nuqtai nazardan tavsiflanishi haqidagi xulosalardan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining A-1-057- raqamli “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini modulli o‘qitishda pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik-pedagogik asoslari” mavzusidagi amaliy davlat granti tadqiqotida foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2021 yil 15 dekabrdagi 724/01.01-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy o‘quv yurtlarida ilova konstruksiyalarning til tizimida tutgan o‘rni va ilova hodisasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tashqi va ichki qonuniyatlarni parallel o‘rganishdagi o‘ziga xosligini belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlar tilshunoslikda ilova hodisasining ilmiy-nazariy asoslariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan bog‘liq assotsiativ eksperimentlar, so‘rovnomalar o‘tkazish imkonini bergan;
hozirgi zamon nemis tili ilova konstruksiyasidagi ilovali elementlar tarkibiga xos bo‘lgan leksik-semantik komponentlarning til birliklari yordamida namoyon bo‘ladigan matnning mantiqiy mazmunini kitobxon ongiga etkazib beruvchi stilistik-pragmatik xususiyatlari mavjudligi xususidagi xulosa va echimlardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida ilova konstruksiyalari stilistik-pragmatik funksiyalarining ifodalanishini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 18 yanvardagi 07-son ma’lumotnomasi). Natijada ilova konstruksiyalar nutqqa o‘ziga xos ma’no va ekspressiv-stilistik tus berishi, ifodaning ayrim qismlariga katta ma’no va emotsional vazifa yuklashi, muallif fikrini rivojlantirishi va chuqurlashtirishi, uni kitobxonga ekspressivlikni yuqori darajada etkazish maqsadida yaratilishi, dialog, monolog ko‘rinishlarida so‘zlashuv nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi, kitobxonning e’tiborini tortishga, shu bilan birga ifodaning to‘liqroq, ta’sirchan, emotsional tuyg‘ularga boy bo‘lishini ta’minlashga qaratilishi, tinglovchi bilan jonli muloqot atmosferasini yaratish, pragmatik ta’sirni kuchaytirish, shuningdek, muallif fikrini ifodalash uchun xizmat qilishi, pragmatik nuqtai nazardan, tilda qo‘shimcha xabarni ta’kidlash, emotsional-ekspressiv, xarakterologik va baholovchi funksiyalarni bajarish haqidagi ilmiy xulosalar ilmiy izlanish olib borayotgan tilshunoslar va adabiyotshunoslar uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qilgan.