Abdullaeva Lola Tohirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini elektron resurslar asosida takomillashtirish (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1321.
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped 83.01. 
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Urunboevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Abduganieva Djamilya Rustamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining cotsiolingvistik kompetensiyalarini ingliz tili materialidan foydalangan holda elektron resurslar orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron manbalarning kontent, struktur jihatiga xos matn, tasvir, multimedia xususiyatlari aniqlanib, ingliz tilini o‘qitishda baholash, monitoring qilish, ilovalar, veb-saytlar bilan ishlash jarayonidagi  praktik ahamiyati asoslab berilgan;
elektron manbalar yordamida tinglash, o‘qish, yozish va gapirishni rivojlantirishda salomlashish, tanishish, xayrlashish kabi sotsiolingvistik kompetensiyani o‘zlashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy, pragmatik faktorlar shakllantirilishi isbotlangan; 
talabalar tomonidan o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish sifatini oshirish maqsadida interfaol, sinxron usullarga asoslangan aqliy hujum, savol-javob, gapni mantiqiy yakunlash kabi amaliy mashg‘ulotlarida Kahoot, Padlet, Moodle, Canvas elektron manbalardan foydalanish samaradorligi asoslab berilgan;
filologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda elektron resurslardan foydalangan holda sotsiolingvistik kompetensiyani qiyosiy, lingvopragmatik aspektda takomillashtirish eksperimental nazorat metodikasi uslubiy-didaktik, verbal, noverbal yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Filologik oliy o‘quv yurtlari talabalarining cotsiolingvistik kompetensiyalarini ingliz tili materialidan foydalangan holda elektron resurslar orqali takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy va amaliy natijalar asosida:
elektron manbalarning kontent, struktur jihatiga xos matn, tasvir, multimedia xususiyatlari aniqlanib, ingliz tilini o‘qitishda metodik, praktik ahamiyati asoslab berilganligi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Erasmus +585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS «Computational Linguistics at Central Asian Universities» loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1159/30.02.01-sonli 2021 yil 7 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada elektron resurslar, darsliklar asosida olingan nazariy va amaliy bilimlar takomillashtirilgan;
elektron manbalar yordamida tinglash, o‘qish, yozish va gapirishni rivojlantirishda salomlashish, tanishish, xayrlashish kabi sotsiolingvistik kompetensiyani o‘zlashtirish bilan bog‘liq ijtimoiy, pragmatik faktorlar shakllantirishi haqidagi xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan I-OT-2017-4-2 «Uslubiy tizimda kompyuter simulyasiya modellari asosida virtual resurslarni yaratish va ularni imkoniyati cheklangan yoshlarni tarbiyalashda joriy etish» va I-2016-4-15 «Kutubxona resurslaridan mobil tarmoq dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va joriy etish (Oliy ta’lim muassasalari misolida)» mavzusidagi loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 22 iyundagi 1344/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv topshiriqlari va mashqlarining bajarilishi, tegishli atama iboralar tahlili talabalarnin sotsiolingvistik kompetensiyasining oshirilishiga erishilgan;
talabalar tomonidan o‘rganilayotgan materialni o‘zlashtirish sifatini oshirish maqsadida interfaol, sinxron usullarga asoslangan aqliy hujum, savol-javob, gapni mantiqiy yakunlash kabi amaliy mashg‘ulotlarida Kahoot, Padlet, Moodle, Canvas elektron manbalardan foydalanish samaradorligi asoslab berilgan. Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan №I-204-4-5«Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va ingliz tili mutaxassisliklarini o‘quv jarayoniga joriy etish» mavzusidagi ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 1098/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron ta’lim resurslardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarning qullanishi o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarni takomillashtirishga amaliy jihatdan yordam bergan;
filologik oliy o‘quv yurtlari talabalariga ingliz tilini o‘rgatishda elektron resurslardan foydalangan holda sotsiolingvistik kompetensiyani qiyosiy, lingvopragmatik aspektda takomillashtirish eksperimental nazorat metodikasini uslubiy-didaktik, verbal, noverbal yondashuvlari takomillashtirishga oid tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 5 iyundagi «Samarqand sadosi» teleradiokompaniyasiga topshirish ssenariysiga kiritilgan va uni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 iyundagi 09-01/257-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot ishlaridan foydalanish undagi til me’yorlariga rioya qilish, muloqot jarayonida sotsiolingvistik kompetensiyaning ahamiyati, xalqlar do‘stligini mustahkamlashda tilning o‘rni kabi muhim masalalarni yoritib berganligi tufayli samarali ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish