Muxtarova Lobar Abdimannabovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo takomillashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3141.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03. 
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetensiyalari, tabiiy-ilmiy kontekstlar hamda ekologik bilimlarni o‘zlashtirishning kognitiv darajasini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirish mexanizmini  aniqlovchi “Xavfsizliging – o‘z qo‘lingda” deb nomlangan metodika asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyoj, ijtimoiy intuisiya, bashoratlash va moslashuv parametrlari asosida fanlararo, tuzilmaviy-funksional, kommunikativ-jarayonli, natijaviy-mantiqiyli munosabat orqali o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti  shaxsiy va jamoaviy faollikni ekologik ta’limga ustuvorlik berish asosida o‘quvchilarning ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirish modelini rivojlantiruvchi “Xavfsiz ekomadaniyat” dasturi orqali takomillashtirilgan; 
dars va darsdan tashqari jarayonlarda o‘quvchilar ekologik savodxonligini oshirishga doir boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan darslarni tashkil etish va o‘quv jarayoniga tatbiq qilish yuzasidan  tavsiyalar berilib,  zamonaviy ekologik ta’lim “Hayot qadriyatlari”, ”Ekologik tasavvur”, “Xavfsiz sog‘lom  ko‘nikma”, “Xavfsiz faoliyat” kabi diagnostik mashqlar asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishning kognitiv, akmeologik, aksiologik omillari real boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlikning tuzilmasi va komponentlari ta’limiy sharoitda aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik va amaliy takliflar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirishning kognitiv, akmeologik, aksiologik omillari real boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlikning tuzilmasi va komponentlarining ta’limiy sharoitdagi mazmuni Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quv fanlari konsepsiyalarida, o‘quv reja, darsliklari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 28 fevraldagi 01/11-01/10-252-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik ta’limning integratsiyalashgan innovatsion tizimini yaratishga xizmat qilgan;
ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modeli tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetensiyalari, tabiiy-ilmiy kontekstlar hamda ekologik bilimlarni o‘zlashtirishning kognitiv darajasini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirish mexanizmini  aniqlovchi “Xavfsizliging – o‘z qo‘lingda” deb nomlangan metodika asosida takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar natijalaridan “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat”  davlat qo‘mitasining «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat Qo‘mitasining 2022 yil 7 iyuldagi 04.02/7-1120-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda olamning yaxlit tabiiy-ilmiy manzarasi haqidagi tasavvurlar shakllantirilgan hamda ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo takomillashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyoj, ijtimoiy intuisiya, bashoratlash va moslashuv parametrlari asosida fanlararo, tuzilmaviy-funksional, kommunikativ-jarayonli, natijaviy-mantiqiyli munosabat orqali o‘quv-bilish faolligini rivojlantirish modelining amaliy komponenti  shaxsiy va jamoaviy faollikni ekologik ta’limga ustuvorlik berish asosida o‘quvchilarning ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirish modelini rivojlantiruvchi “Xavfsiz ekomadaniyat” dasturi orqali takomillashtirishga oid  O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Zamin saxovati”, “Ogohlik mas’uliyati”, “Obod mahalla”, “Ko‘z o‘ngimizda’,  “Taraqqiyot va faravonlik sari”, “Inson qadri”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli eshittirishlarni tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 iyundagi 01-01/68-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ekologik ongi va madaniyatini oshirish, ularni ekologik qonunchilikka og‘ishmay rioya qilish ruhida tarbiyalash hamda tabiatshunoslik fani o‘qitish samaradorligi takomillashtirilgan;
dars va darsdan tashqari jarayonlarda o‘quvchilar ekologik savodxonligini oshirishga doir boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini fanlararo shakllantirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan darslarni tashkil etish va o‘quv jarayoniga tatbiq qilish yuzasidan  tavsiyalar berilib,  zamonaviy ekologik ta’lim “Hayot qadriyatlari”, ”Ekologik tasavvur”, “Xavfsiz sog‘lom  ko‘nikma”, “Xavfsiz faoliyat” kabi diagnostik mashqlar asosida takomillashtirishga oid  “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat”  davlat qo‘mitasining «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida atrof-muhitga bo‘lgan shaxsiy mas’uliyatini oshirish, ekologik qonunchilikka og‘ishmay rioya qilish ruhida tarbiyalash samaradorligi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish