Yunusov Shukurulla Xayrullaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston arxitekturasi orderlar tizimi evolyusiyasi va ularni amaliyotda qo‘llanilishi», 18.00.02–Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/A9.
Ilmiy maslahatchi: Uralov Atxam Sindarovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abduraximovich, arxitektura fanlari doktori; Zoxidov Mansur Maxmudovich, texnika fanlari doktori; Mukimov Rustam Samadovich, arxitektura fanlari doktori, professor (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: “ToshuyjoyLITI” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi orderlar tizimining evolyusion bosqichlarini tarixiy izchillikda aniqlash, O‘zbekiston arxitektura maktablari ustun-to‘sin tizimi (orderlar) uslublarini zamonaviy bino va inshootlarda qo‘llanilishi, orderlar tizimining kompozision shakllanishi, o‘zbek milliy orderi qonuniyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda orderlar tizimining shakllanishiga Qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eron arxitekturasi ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlanib, ular arxitekturasining o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan;
O‘zbekiston arxitekturasida orderlar tizimi Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm kabi 7 ta arxitektura maktablariga bo‘linishi aniqlanib, ularda orderlar tizimining o‘ziga xos xalq me’morchilik maktablari yaratilganligi dalillangan; 
bino va  inshootlarni funksiyaviy-shaharsozlik tashkillashtirilishiga ko‘ra ustunli-to‘sinli bino va inshootlarda ularning shaharsozlik ansambllaridagi o‘rni va rolidan kelib chiqib, har bir O‘zbekiston arxitektura maktabining ustun to‘sin tizimi o‘ziga xos binolarda ochiq va yopiq muhitli fazoviy echim va turar joy arxitekturasidagi me’moriy kompozision va badiiy xususiyatlari ochib berilgan; 
ustunli-to‘sinli bino va inshootlarni loyihalashda arxitekturaviy-rejaviy, hajmiy fazoviy, arxitektonik, konstruktiv xususiyatlar o‘ziga xos me’moriy badiiy echimlarda qo‘llanilganligi dalilangan;
o‘zbek milliy orderini qo‘llashda milliy arxitektura maktablari bo‘yicha amaliy-ijodiy yo‘nalishlar yaratishning loyiha-grafik ko‘rinishlari hamda turar joylar va jamoat binolarida qo‘llashning arxitekturaviy konseptual tizimi taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston milliy orderlar qo‘llanilishi asosida ishlab chiqilgan me’moriy-loyihaviy asoslari tadqiqotchi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bino va inshootlarni funksiyaviy-shaharsozlik tashkillashtirilishiga ko‘ra ustunli-to‘sinli bino va inshootlarda ularning shaharsozlik ansambllaridagi o‘rni va rolidan kelib chiqib, har bir O‘zbekiston arxitektura maktabining ustun to‘sin tizimi o‘ziga xos binolarda ochiq va yopiq muhitli fazoviy echim va turar joy arxitekturasidagi me’moriy kompozision va badiiy xususiyatlari yuzasidan olingan ilmiy yangiliklar Farg‘ona viloyat qurilish boshqarmasi amaliyotiga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 04-06/11494-son ma’lumotnomasi). Natijalar jamoat binolarida milliy ustun-to‘sinli tizimi ayvonning yaxlit kompozisiyasini belgilab berib, xususan ayvonning ochiq muhitni shakllantirgani, yopiq muhitni fazoviy kompozisiyasidan keng foydalanish imkonini yaratgan;
ustunli-to‘sinli bino va inshootlarni loyihalashda arxitekturaviy-rejaviy, hajmiy fazoviy, arxitektonik, konstruktiv xususiyatlar o‘ziga xos me’moriy badiiy echimlarda qo‘llanilganligi kabi takliflar Andijon viloyat qurilish boshqarmasi amaliyotiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 04-06/11494-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona maktabi milliy order tizimidan samarali va unumli foydalanishga orqali Farg‘ona arxitektura maktabi milliy order tizimi hayotga qayta tiklash uchun imkoniyat yaratgan;
o‘zbek milliy orderini qo‘llashda milliy arxitektura maktablari bo‘yicha amaliy-ijodiy yo‘nalishlar yaratishning loyiha-grafik ko‘rinishlari hamda turar joylar va jamoat binolarida qo‘llashning arxitekturaviy konseptual tizimi yuzasidan olingan natijalar Buxoro viloyat qurilish bosh boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 04-06/11494-son ma’lumotnomasi). Natijada turar joy fasad detallarida badiiy va kompozision uyg‘unlik  echim uchun milliy ustun namunalaridan foydalanilgan;
O‘zbekistonda orderlar tizimining shakllanishiga Qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eron arxitekturasi ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlanib, ular arxitekturasining o‘zaro bog‘liqligi hamda O‘zbekiston arxitekturasida orderlar tizimi Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Qashqadar, Surxondaryo kabi 7 ta arxitektura maktablarida orderlar tizimining o‘ziga xos me’moriy kompozision tizim yaratilganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 7 oktyabrdagi 04-06/11494-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston arxitekturasida ustunli-to‘sinli binolarda o‘zining badiiy ko‘rinishi va obrazini yaratib bino kompozisiyasida me’moriy mukammallikni aks ettirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish