Ishmanova Zohida Ubaydullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasihaqidae’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elektron ta’lim muhiti sharoitida analitik kimyo fanini o‘qitishda innovatsion yondashuv», 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2545.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Narziqul, pedagogika fanlari doktori, professor; Rajabov Xudayor Madrimovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchitashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariyva amaliy ahamiyatgamolik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muxiti sharoitida «Analitik kimyo» fanini o‘qitishning metodik ta’minotini yaratish va undan samarali foydalanish uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhiti sharoitida analitik kimyo fanining kasbiy yo‘naltirilgan axborot-ta’lim mazmuni mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlari va amaliy dasturlarni (Ispring, AutoPlay Media Studio 8, Macromedia Flash8, Movavi Video Editor Plus, Bandicam, Audacity)innovatsion elektron darslikni ishlab chiqishga qo‘yiladigan ergonomik (qulayligi, tushunishning osonligi, vizualligi) talablarning intensiv qayta aloqaga kirishuvini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlik darajasining motivatsion, kommunikativ, tashkiliy, gnostik, kreativ, refleksiv, tahliliy komponentlarining pedagogik imkoniyatlari talabalarning reproduktiv, evristik, produktiv bilish faoliyati turlari ichki (mnemonik) va tashqi (o‘quv harakatlari) namoyon bo‘lishining kreativlik darajasi barqarorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologlarni kasbiy kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash modeli analitik kimyo fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi komponentlarning reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologlarning o‘qitish samaradorligi va kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlari kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlash asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalariningjoriy qilinishi. Talabalarga elektron ta’lim muhitida analitik kimyo fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron ta’lim muhiti sharoitida analitik kimyo fanining kasbiy yo‘naltirilgan axborot-ta’lim mazmuni mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlari va amaliy dasturlarni (Ispring, AutoPlay Media Studio 8, Macromedia Flash8, Movavi Video Editor Plus, Bandicam, Audacity)innovatsion elektron darslikni ishlab chiqishga qo‘yiladigan ergonomik (qulayligi, tushunishning osonligi, vizualligi) talablarning intensiv qayta aloqaga kirishuvini bevosita hisobga olish hamda talabalarda kasbiy kompetentlik darajasining motivatsion, kommunikativ, tashkiliy, gnostik, kreativ, refleksiv, tahliliy komponentlarining pedagogik imkoniyatlari talabalarning reproduktiv, evristik, produktiv bilish faoliyati turlari ichki (mnemonik) va tashqi (o‘quv harakatlari) namoyon bo‘lishining kreativlik darajasi barqarorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan ilmiy yangiliklar 60720900-Neft va gaz sanoati texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Analitik kimyodan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 0929-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, texnika oliy o‘quv yurtlarida analitik kimyoni o‘qitishda amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini elektron darsliklardan foydalanib o‘rgatish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologlarni kasbiy kompetentli mutaxassis sifatida tayyorlash modeli analitik kimyo fanini o‘qitish samaradorligini belgilovchi komponentlarning reproduktiv, variativ, qisman izlanuvchan, kreativ va statistik ko‘rsatkichlari hamda bo‘lajak texnologlarning o‘qitish samaradorligi va kasbiy faoliyat olib borishga tayyorligini aniqlovchi adekvat baholash mezonlari kasbiy faoliyatga aloqador parametr va indikatorlarni strategik prognozlash asosida optimallashtirilganligi bo‘yicha tavsiyalar 60720900-Neft va gaz sanoati texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi talabalariga “Analitik kimyodan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 0929-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada,“Analitik kimyo” fanini o‘qitish sifati oshirilgan va talabalarning mutaxassislikka bo‘lgan qiziqishlarini ortirishga erishilgan.