Esimbetova Barno Esengeldievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu385.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Abduvali Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kudaybergenov Baxram Kuanishbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qasddan badanga shikast etkazish faktlari bo‘yicha himoyachining o‘zining himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan holi uchrashish huquqiga ega ekanligi va mazkur jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi mumkin emasligi asoslantirilgan;
qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlarini tergov qilishda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish yoki ekspertiza o‘tkazish uchun shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralari, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamog‘i kabi ehtiyot choralaridan biri qo‘llanilganda, uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga xabar berilishi, bu haqda ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilinishi shart ekanligi asoslantirilgan;
qasddan badanga shikast etkazish faktlari bo‘yicha shaxsni yalang‘ochlash bilan bog‘liq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish mumkin emasligi, ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki etarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi so‘roqqa qadar tushuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yilishi shartligi asoslantirilgan;
qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlari bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyga surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsatisiz tergov-tezkor guruhi a’zolaridan, shuningdek nazorat qiluvchi prokuror, ichki ishlar organlari hamda tergov bo‘linmalari boshliqlaridan o‘zga shaxslarning kirishi qat’iyan taqiqlab qo‘yilishi zarurati asoslantirilgan;
badanga shikast etkazish bilan bog‘liq jinoyatlarga oid xabarlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazish ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organga taalluqli bo‘lgan hollarda, tuzilgan hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi tegishliligiga ko‘ra yo‘llanma xat asosida yuborilishi va ko‘zdan kechirish bayonnomasi hamda yo‘llanma xat nusxasi yig‘ma jildda jamlanib, belgilangan tartibda saqlanishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qasddan badanga shikast etkazish faktlari bo‘yicha himoyachining o‘zining himoyasi ostidagi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan xoli uchrashish huquqiga ega ekanligi va mazkur jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi mumkin emasligiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-617-son qonunining 1-moddasi 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 28 yanvardagi 06/1-05/323-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud huquqiy bo‘shliqlar va turli qarama-qarshiliklarning bartaraf etilishiga, shuningdek, qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlari doirasida gumon qilinuvchi va ayblanuvchining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishini ta’minlanishiga xizmat qilgan;
qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlarini tergov qilishda shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralaridan biri qo‘llanilganda, uning ushlab turilgan joyi to‘g‘risida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindosh yoki yaqin kishilariga xabar berilishi, shuningdek bu haqda ish yoxud o‘qish joyiga ma’lum qilinishi shart ekanligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 maydagi O‘RQ-617-son “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2021 yil 28 yanvardagi 06/1-05/323-son dalolatnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlari doirasida protsessual majburlov choralari qo‘llanilgan shaxslar haqida darhol oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindosh yoki yaqin kishilariga xabar berilishiga, bu esa, o‘z navbatida, ishni sudga qadar yuritish bosqichida protsess ishtirokchilarining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirilishiga xizmat qilgan;
qasddan badanga shikast etkazish faktlari bo‘yicha shaxsni yalang‘ochlash bilan bog‘liq shaxsiy tintuvni videoyozuv orqali qayd etish mumkin emasligi, ushlangan shaxs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki etarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi so‘roqqa qadar tushuntirilib, bu haqda bayonnomaga yozib qo‘yilishi shartligi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 maydagi O‘RQ-617-son “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari Qo‘mitasining 2021 yil 28 yanvardagi 06/1-05/323-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash jarayonida shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilinishiga xizmat qilgan.
qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlari bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyga surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsatisiz tergov-tezkor guruhi a’zolaridan, shuningdek nazorat qiluvchi prokuror, ichki ishlar organlari hamda tergov bo‘linmalari boshliqlaridan o‘zga shaxslarning kirishi qat’iyan taqiqlab qo‘yilishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIV ning 2017 yil 12 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 100-son buyrug‘ining 8-bob 54-bandi “b” kichik bandining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov Departamentining 2022 yil 24 iyundagi 18/5429-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi hodisa sodir bo‘lgan joyda qasddan badanga shikast etkazish jinoyatlarini sodir etilishi natijasida qolgan izlarning holatini o‘zgarmasligi, ishga taalluqli bo‘lgan narsa va buyumlarga tegilishi, jinoyat izlari, quroli, ashyoviy dalillar va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa narsalarning yo‘qolishi, yo‘q qilinishi, ularga shikast etkazilishi oldi olinib, jinoyat izlarini asl holida saqlanishiga xizmat qilgan.
badanga shikast etkazish bilan bog‘liq jinoyatlarga oid xabarlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazish ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organga taalluqli bo‘lgan hollarda, tuzilgan hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi tegishliligiga ko‘ra yo‘llanma xat asosida yuborilishi va ko‘zdan kechirish bayonnomasi hamda yo‘llanma xat nusxasi yig‘ma jildda jamlanib, belgilangan tartibda saqlanishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi IIV ning 2017 yil 12 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida surishtiruv va dastlabki tergovni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 100-son buyrug‘ining 8-bob 54-bandi “b” kichik bandining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov Departamentining 2022 yil 24 iyundagi 18/5429-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi, qasddan badanga shikast etkazish faktlari bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv bosqichida o‘tkazilgan tergov harakatlariga doir protsessual hujjatlardan boshqa ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash jarayonida foydalanishiga hamda ularni o‘rnatilgan tartibda saqlanishiga xizmat qilgan.