Merganova Nigora Mamadodilovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tilini mutaxassislik sifatida o‘rganuvchi talabalarda og‘zaki nutq kompetensiyasini takomillashtirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.Phd/Ped1374.
Ilmiy rahbar: Saydaliev Saidumar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Uluqov Nosirjon Muxammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Xasanova Ozoda Qurvonali qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nemis tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini takomillashtirish lingvotexnologiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chet tilda og‘zaki nutq kompetensiyasini takomillashtirishning psixolingvistik omillari og‘zaki nutqning yozma nutqdan farqli bo‘lgan oldindan tayyorlanmaganlik, avtomatlashganlik, interaktivlilik kabi jihatlari, lingvistik vositalar - talaffuz, leksika, grammatika, ekstralingvistik vositalar - mimika, jest, imo-ishoralarning og‘zaki nutqni amalga oshishidagi ahamiyatini ko‘rsatish orqali aniqlashtirilgan;
raqamli texnologiyalarga asoslangan videolavha, ovozli xabar, ma’ruza tayyorlash, podkast lingvotexnologiyalari va “Jonli qo‘ng‘iroq” mualliflik texnologiyasi hamda chet til o‘rgatishning og‘zaki ilgarilash tamoyili asosida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarga nemis tilini mutaxassislik sifatida o‘rganishda og‘zaki nutq ustida ishlashning innovatsion mul`timedia usullari takomillashtirilgan;
nemis tilida dialogik va monologik nutqda uchraydigan ona tilining salbiy ta’siri va grammatik interferension qiyinchiliklarni kompensatsiya strategiyalarini qo‘llash orqali bartaraf etish zarurati asoslanib, amalda foydalanilayotgan suhbat, kuzatuv, izohlash kabi pedagogik usullarni maqsadli takomillashtirishda ona tili va chet tili ko‘nikmalarini o‘zaro muvofiqlashgan tarzda qo‘llash imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarning nemis tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti sifatida chet til o‘rganish jarayonida uchraydigan, og‘zaki nutqqa ta’sir etuvchi qo‘rquv va uyalish hissi, motivatsiya berish kabi psixologik va til siyosati kabi sotsiologik omillar hamda internet va axborot kommmunikatsiya vositalarining ta’sirini hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tilini o‘qitishda talabalarning nutqiy kompetensiyasini takomillashtirish usullari va modelini ishlab chiqish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
chet tilda og‘zaki nutq kompetensiyasini takomillashtirishning psixolingvistik omillari og‘zaki nutqning yozma nutqdan farqli bo‘lgan oldindan tayyorlanmaganlik, avtomatlashganlik, interaktivlilik kabi jihatlari, lingvistik vositalar - talaffuz, leksika, grammatika, ekstralingvistik vositalar - mimika, jest, imo-ishoralarning og‘zaki nutqni amalga oshishi xususidagi usul va tamoyillardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan (O‘UM) foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari» (2015-2017 yy.) nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 yanvardagi 02-070110/04-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tilda og‘zaki nutq kompetensiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda chet tilni o‘rganishda uning amaliy ahamiyatini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
nemis tilida dialogik va monologik nutqda uchraydigan ona tilining salbiy ta’siri va grammatik interferension qiyinchiliklarni kompensatsiya strategiyalarini qo‘llash orqali bartaraf etish zarurati asoslanib, amalda foydalanilayotgan suhbat, kuzatuv, izohlash kabi pedagogik usullarni maqsadli takomillashtirishda ona tili va chet tili ko‘nikmalarini o‘zaro muvofiqlashgan tarzda qo‘llash imkoniyatlariga qaratilgan tavsiya va xulosalardan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining A-1-197 raqamli «Ingliz va nemis tillarini o‘rganish uchun o‘quv-uslubiy modullarni takomillashtirish va ulardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari» nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (2015-2017 yy.) (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 14 yanvardagi 02-070110/04-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis tili yo‘nalishi talabalarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasi nazariyasini takomillashtirishga erishilgan;
raqamli texnologiyalarga asoslangan videolavha, ovozli xabar, ma’ruza tayyorlash, podkast lingvotexnologiyalari va “Jonli qo‘ng‘iroq” mualliflik texnologiyasi hamda chet til o‘rgatishning og‘zaki ilgarilash tamoyili asosida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarga nemis tilini mutaxassislik sifatida o‘rganishda og‘zaki nutq ustida ishlashning innovatsion mul`timedia usullariga oid tavsiyalardan Bolgariya texnologiya universitetida 2014-2020 yillarida bajarilgan 365/ AS-21 raqamli «Ein individueller Anzatz Deurschunterricht» (Nemis tili darslarida individual yondashuv) nomli loyihada foydalanilgan (Bolgariya texnologiya universitetining 2021 yil 28 dekabrdagi 365-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis tilini mutaxassislik sifatida o‘rganuvchi talabalarning og‘zaki nutq kompetensiyasini innovatsion metodlar va raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirish yo‘llarini aniqlashtirishga erishilgan;
talabalarning nemis tilida og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti sifatida chet til o‘rganish jarayonida uchraydigan, og‘zaki nutqqa ta’sir etuvchi qo‘rquv va uyalish hissi, motivatsiya berish kabi psixologik va til siyosati kabi sotsiologik omillar hamda internet va axborot kommmunikatsiya vositalarining ahamiyatiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bolalar uchun”, “Ta’lim va taraqqiyot” radio eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 10 yanvardagi 04-36-48-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis tili yo‘nalishi talabalarining og‘zaki nutq kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan.