Abbasova Nargiza Kabilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilariga ingliz tili maqol va matallarini o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.Phd/Ped1374.    
Ilmiy rahbar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari professor; Obidova Gulmira Ko‘zibaevna, pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim rus tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining chet tilidagi kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda ingliz maqol va matallaridan foydalanish texnologiyasining ilmiy-pedagogik jihatdan asoslash va jarayonning samarador usullari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim rus tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili maqol va matallaridan foydalanish texnologiyasi til va madaniyat o‘rtasidagi aloqalarning tizimlilik, funksionallik, uslubiy farqlash, til bilish darajasi kabi lingvistik hamda belgilash, moslashuvchanlik, hamkorlik, refleksiv singari metodologik tamoyillari aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktab o‘quvchilariga ingliz tili maqol va matallarini o‘qitish metodikasi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishga xizmat qiluvchi o‘qitishning intellekt xaritasi, kreativ xikoyalarni moddelashtirish va grafik organayzerlar, innovatsion hamda interaktiv metodlaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan ;  
ingliz tili maqol va matallarini o‘qitishda o‘quvchilarning leksik, grammatik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq taqqoslash, kreativ hikoya, intellektual xarita tuzish mashqlari taklif etilgan; 
o‘quvchilarning chet tilida kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda ingliz tili maqol va matallari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan «Chumoli uyasi» («Muraveynik») interaktiv lingvotexnologiyasining ahamiyati asoslangan va uni darsda qo‘llash texnologiyasi ko‘rsatib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarining chet tilida kommunikativ kompetensiyasini ingliz tili maqol va matallari asosida shakllantirishga doir erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishga xizmat qiluvchi o‘qitishning intellekt xaritasi, kreativ xikoyalarni moddelashtirish va grafik organayzerlar, innovatsion hamda interaktiv metodlaridan foydalanish asosida umumta’lim maktab o‘quvchilariga ingliz tili maqol va matallarini o‘qitish metodikasi  xususiyatlaridan foydalanishga doir xulosa va tavsiyalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) «FY 2018 English Access Microscholarship Programm» nomli AQSh davlat departamenti, ta’lim va madaniyat ishlari byurosi tomonidan tasdiqlangan «ACCESS MICROSCHOLARSHIP» xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2021 yil 11 dekabrdagi 4609-son ma’lumotnomasi). Natijada til va madaniyat bilan bog‘liq nazariy fikrlar ilmiy asoslanishiga erishilgan, loyiha doirasida tashkillangan dars mashg‘ulotlari va seminarlar ilmiy dalillar bilan boyigan; 
ta’lim rus tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili maqol va matallaridan foydalanish texnologiyasi til va madaniyat o‘rtasidagi aloqalarning tizimlilik, funksionallik, uslubiy farqlash, til bilish darajasi kabi lingvistik hamda belgilash, moslashuvchanlik, hamkorlik, refleksiv singari metodologik tamoyillarga asoslangan pedagogik  nazariyalardan N.G.Chernishev nomidagi Saratov davlat universitetining «Ingliz tili darslarida og‘zaki nutqni rivojlantirishda maqol va matallarning roli» mavzusidagi yosh olimlar amaliy loyihasida foydalanilgan (Saratov davlat universitetining 2021 yil 23 iyundagi 61-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ko‘zda tutilgan  tajriba-sinov va test jarayonlari etarlicha ilmiy asoslanishiga erishilgan; 
ingliz tili maqol va matallarini o‘qitishda o‘quvchilarning leksik, grammatik va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq taqqoslash, kreativ hikoya, intellektual xarita tuzish mashqlarini dars jarayoniga tatbiq etishga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining «Programma razvitiya garmonichnogo obrazovaniya v Uzbekistane» nomli dasturini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 28 dekabrdagi 01/11-02/02-1805-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz maqol va matallarini o‘rgatish sifatining oshishiga erishilgan; 
o‘quvchilarning chet tilida kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda ingliz tili maqol va matallari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan «Chumoli uyasi» («Muraveynik») interaktiv lingvotexnologiyasining ahamiyati asoslangan va uni darsda qo‘llash texnologiyasi, «Ruscha-o‘zbekcha-inglizcha maqol va matallar lug‘ati»dan «O‘zbekiston» teleradiokanali DM «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» tahririyati tomonidan tayyorlangan «Ta’lim va taraqqiyot», «Bolalar va biz»  radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 5 maydagi 04-36-522-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashgan va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish