Baxriddinov Sharofiddinning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarida aktivlarni samarali boshqarish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2430.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.9/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Normuxamedov Sardor Rifatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tijorat banklari aktivlarini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank aktivlari ko‘lamini kengaytirishda bank kapitali miqdorini bosqichma-bosqich oshirish va bunda hozir amaldagi kapitalini bir yilda 100 foizga, ikkinchi yilda 175 foizga va uchinchi yilda 300 foizga etkazish taklif etilgan;
tijorat banklarida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun loyihalarni “kaliti bilan” tayyorlab beradigan “Loyihaviy moliyalashtirish” bo‘linmasini tashkil qilish hamda bank amaliyotidagi eng yaxshi namunalardan kelib chiqib, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun tayyor biznes loyihani mijozga sotish taklif etilgan;
bank aktivlari tarkibida xorijiy valyutaning (dollarlashuv) ulushini kamaytirish maqsadida xorijiy valyutada 6 foiz va undan past foiz stavkalarida ajratilgan kreditlarning risklilik darajasini 100 foiz, 6-8 foiz stavkalariga 150 foiz va 8 va undan yuqori foiz stavkalariga 200 foiz etib belgilash taklif etilgan;
banklarda kreditlashni o‘sish sur’atlarini barqaror saqlab qolish va muammoli aktivlar riskini kamaytirish maqsadida moliyalashtirilayotgan loyihalarda tashabbuskorlarning kamida 30 foiz o‘z mablag‘i bilan ishtirok etishi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari aktivlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank aktivlari ko‘lamini kengaytirishda banklarning kapitali miqdorini bosqichma-bosqich: bunda hozir amaldagi kapitalini bir yilda 100 foizga, ikki yilda 175 foizga va uchinchi yilda 300 foizga oshirib borish taklifi AT “Aloqabank”ning o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Aloqabank” ATning 2022 yil 7 noyabrdagi 19-09/4524-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yil 17 dekabrdagi AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilish qaroriga muvofiq, taqsimlanmagan sof foydasida to‘rgan va aksiyadorlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 355,3 mlrd.so‘mni bankning zaxira kapitalini oshirishga, shundan 40,4 mlrd.so‘mni standart aktivlar bo‘yicha zaxira fondiga va 314,9 mlrd. so‘m bankning zaxira kapitalini oshirishga yo‘naltirilgan, buning natijasida 2021 yil yakunlari bo‘yicha bank kapitalining 355,3 mlrd.so‘mini yoki 21,2 foiz qismini ushbu mablag‘lar shakllantirish va tijorat banklari uchun belgilangan normativlarni bajarilishiga hamda 2022 yil davomida qo‘shimcha 3 743,8 mlrd. so‘mlik kreditlarning ajratish hisobiga 658,7 mlrd. so‘m foizli daromad olinishiga erishilgan;
tijorat banklarida kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun loyihalarni “kaliti bilan” tayyorlab beradigan “Loyihaviy moliyalashtirish” bo‘linmasini tashkil qilish hamda bank amaliyotidagi eng yaxshi namunalardan kelib chiqib, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun tayyor biznes loyihani mijozga sotish taklifi AT “Aloqabank” va AJ “Asakabank”larning investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Aloqabank” ATning 2022 yil 7 noyabrdagi 19-09/4524-son va “Asakabank” AJning 2022 yil 13 oktyabrdagi 19-01/6096-son va ma’lumotnomalari). Natijada, 2022 yil aprel` oyidan boshlab AT “Aloqabank” ushbu maqsadlar uchun 25,0 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirgan, shu qisqa vaqt ichida 5,0 mlrd.so‘m miqdorida daromad olinishiga erishilgan; 
bank aktivlari tarkibida xorijiy valyutadagi aktivlar (dollarlashuv) ulushini kamaytirishda xorijiy valyutada 6 foiz va undan past foiz stavkalarida ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajasini 100 foiz, 6-8 foiz stavkalariga 150 foiz va 8 va undan yuqori foiz stavkalariga 200 foiz etib belgilash taklifi AT “Aloqabank”ning 2022 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan  (“Aloqabank” ATning 2022 yil 7 noyabrdagi 19-09/4524-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yil 1 oktyabr` holatiga AT «Aloqabank»ning kredit portfelida xorijiy valyutada berilgan kreditlar qoldig‘i 2021 yilga nisbatan 0,8 foizga kamaytirilgan;
banklar tomonidan kreditlash o‘sish sur’atlarini ta’minlash va muammoli aktivlar riskini kamaytirishda loyihalarni moliyalashtirishda tashabbuskorlarning kamida 30 foiz o‘z mablag‘i bilan ishtirok etishi taklifi AT “Aloqabank” va AJ “Asakabank” larning 2022 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan  (“Aloqabank” ATning 2022 yil 7 noyabrdagi 19-09/4524-son va “Asakabank” AJning 2022 yil 13 oktyabrdagi 19-01/6096-son va ma’lumotnomalari). Natijada, 2022 yilning 9 oyi davomida 3743,8 mlrd. so‘mlik loyihalar moliyalashtirilgan. Ushbu taklifni amaliyotga qo‘llash hisobiga sifatli aktivlarni shakllantirish, bankning daromadliligi hamda likvidlilik ko‘rsatkichlarini bajarilishiga olib keldi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish