Turakulov Alimardon Abdusalomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noan’anaviy sabzavot – tikanli artishokni (Cynara Scolymus L.) etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va dorivorlik xususiyatlarini tadqiq qilish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik, 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx687.
Ilmiy rahbar: Berdiev Erkin Turdalievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xasan Chutboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Begmatov Abdusamat Mamatkulovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlik genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati sharoitida tikanli artishokni (Cynara scolymus L.) etishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish, oziqaboplik va dorivorlik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor artishok o‘simligi nav namunalarini morfo-biologik va xo‘jalik-qimmatli belgilarini kompleks baholash asosida Toshkent viloyati sharoitida etishtirishga mos istiqbolli ertapishar Maykopskiy 41 va kechpishar Zamorskiy delikates navlari tanlangan;
tikanli artishokdan yuqori va sifatli hosil olish imkonini beruvchi maqbul ekish sxemasi (ertapishar navlar uchun 90x50 sm, kechpishar navlar uchun 100x100 sm) va oziqlanish maydoni (0,45 m2, ko‘chat qalinligi 22222 tup/ga hamda 1,0 m2, ko‘chat qalinligi 10000 tup/ga) aniqlangan;
tikanli artishok hosilini oshirish imkonini beruvchi mineral o‘g‘itlar (N150 P120 K60 kg/ga) fonida 20 t/ga go‘ng qo‘llash maqbul me’yor ekanligi aniqlangan;
tikanli artishok mevalarining biokimyoviy ko‘rsatkichlari, xomashyosi tarkibidagi biologik faol moddalarning turlari va miqdori tahlil qilinib, dorivorlik xususiyatlari aniqlangan;
Toshkent viloyati sharoitida tikanli artishok etishtirish bo‘yicha texnologik karta ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noan’anaviy sabzavot–tikanli artishokni (Cynara scolymus L.) etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va dorivorlik xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
sabzavot va dorivor o‘simliklarni etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Tikanli artishokni (Cynara scolymus L.) etishtirish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi №02/023-3655-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda dorivor o‘simliklarni etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va o‘rmon xo‘jaliklari uchun amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
noan’anaviy sabzavot–tikanli artishokni (Cynara scolymus L.) etishtirishda o‘g‘itlar qo‘llash me’yorlarini maqbullashtirish texnologiyasi ToshDAU Axborot maslahat Markazida 0,20 gektar, Darxon ilmiy tajriba xo‘jaligida 0,01 gektar, “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash Markazida 0,5 gektar, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasida 0,25 gektar, “Suqoq gilosi” fermer xo‘jaligida 1 gektar, jami 1,96 gektar maydonga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi №02/023-3655-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tikanli artishokning “Maykopskiy 41” navidan 56,5 t/ga, “Zamorskiy delikates” navidan 48,6 t/ga savatcha hosili olingan. Nav namunalarining sof daromadi “Maykopskiy 41” navidan 11,4 million so‘m/ga, rentabellik darajasi 208,5 % ga, “Zamorskiy delikates” navidan esa 9,7 million so‘m/ga, rentabellik darajasi 203,8 % ni tashkil etgan;
artishokni ertapishar navlar uchun 90x50 sm, kechpishar navlar uchun 100x100 sm ekish sxemalarida parvarishlash texnologiyasi “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash Markazida 0,5 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 02/023-3655-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, artishokni “Maykopskiy 41” navidan 90x50 sm sxemada etishtirilganda 62,2 t/ga, “Zamorskiy delikates” navidan 100x100 sm sxemada ekilganda 55 t/ga savatcha hosili olingan. Nav namunalarining sof daromadi “Maykopskiy 41” navidan 12,6 million so‘m/ga, rentabellik darajasi 211,3 % ga “Zamorskiy delikates” navidan esa 11,1 million so‘m/ga, rentabellik darajasi 207,7 % ni tashkil etgan.