Koshekov Rashit Majitovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning tashkiliy-texnologik asoslarini ishlab chiqish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dexqonchilik (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T199.

Ilmiy maslahatchi: Ramazanov Obidjon Ramazanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Kurbanbaev Erejep, texnika fanlari doktori, professor; Bezborodov German Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor; Muradov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: “UzGIP” MChJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan dehqonchilik mintaqasida suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning tashkiliy-texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

suvdan foydalanish rejasini ishlab chiqish usuli cug‘oriladigan erlarning suv bilan ta’minlanish darajasi orqali takomillashtirilgan;

donli-boshoqli o‘simliklarni jadal etishtirishning suv tejamkor texnologiyasi erlarni lazer usulida tekislash orqali takomillashtirilgan;

suv ist’emolchilari uyushmasini gidrografik boshqarish usuli shartnomaviy munosabatlar orqali takomillashtirilgan;

suv tanqisligi sharoitida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash kollektor-drenaj tizimining gidravlik parametrlarini o‘zgartirish natijasida asoslangan;

sho‘rlangan maydonlarning sho‘rini yuvish texnologiyalari er uchastkalarini mayda cheklarga bo‘lish orqali takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sug‘oriladigan dexqonchilik mintaqasida suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishning tashkiliy-texnologik asoslarini ishlab chiqish asosida:

suv zahiralarining gidrografik tamoyili asosida boshqarish va hududning suv bilan ta’minlanganligini inobatga olgan holda suvdan foydalanish rejasining takomillashgan usuli Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi-Amudaryo irrigatsiya tizimi havza boshqarmasiga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 yanvardagi 04/29-86-son ma’lumotnomasi). Natijada suv iste’molchilari uyushmalarida mavjud suv zahiralaridan suvdan foydalanish rejasining takomillashgan usulini qo‘llash hududning suv bilan ta’minlanganlik darajasini 10% ga oshirish imkoni yaratilgan;

donli-boshoqli o‘simliklarni jadal etishtirishning suv tejamkor agrotexnologik va agromeliorativ takomillashgan usullari Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi-Amudaryo irrigatsiya tizimi havza boshqarmasiga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 yanvardagi 04/29-86–son ma’lumotnomasi). Natijada cheklangan suv taqsimoti sharoitida uning mahsuldorligini oshiradigan donli-boshoqli o‘simliklarni jadal etishtirishning suv tejamkor texnologiyasini qo‘llash ularning etishtirish hosildorligini 10% ga oshirish imkoni yaratilgan;

har yili joriy sho‘r yuvish tartibi va texnologiyasi Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi-amudaryo irrigatsiya tizimi havza boshqarmasiga joriy etilgan (Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 yanvardagi 04/29-86-son ma’lumotnomasi). Natijada suv tanqisligida sho‘rlangan tuproqlarda sho‘r yuvishning tartibi va takomillashgan texnologiyasini qo‘llash hududdagi erlarning meliorativ holatining yaxshilanishiga imkon yaratgan;

suv tanqisligi sharoitida sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash usullari Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi-Amudaryo irrigatsiya tizimi havza boshqarmasiga joriy etilgan (Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 23 yanvardagi 04/29-86-son ma’lumotnomasi). Natijada kollektor-drenaj tizimlarining gidravlik parametrlarini o‘zgartirish orqali erlarning meliorativ holatini yaxshilash imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish