Shomurodova Sitora Xoshim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘zbek adabiyotida devonchilik an’anasi: mavzu, tarkib, vazn va badiiy san’atlar”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti, (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil429.
Ilmiy rahbar: Muhiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy devonlarning yuzaga kelishi, poetikasi, o‘ziga xos adabiy-estetik tamoyillari, an’ana va novatorlik hamda uslubiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiyning devon tuzish an’anasi borasidagi alifboning barcha harflariga g‘azal bitish, devonda hamd va na’t mavzularining mavjudligi, devonga mav’iza g‘azallarni kiritish, g‘azallarning yakporaligi, devonni turli janrlar bilan boyitish kabi besh talabi keyingi davr devonchiligining alifbo, tartib, tarkib va janrlar ko‘lamiga adabiy ta’sir ko‘rsatganligi asoslangan;
“Yoshlik devoni”, “Dilda vasling muddao”, “Asror”, “Samandar” va “Xushqadam” devonlarida ilmi aruz, ilmi bade’ va ilmi qofiyaning ifodalanganligi, mumtoz turkiy she’riyat an’analariga mansub janr, til va uslub kabi jihatlar mavjudligi dalillangan;
Erkin Vohidov, Ismoil Mahmud, Dilorom Ergasheva, Shoira Shams kabi ijodkorlar devonlarining tuzilishida muqaddima va xotima, lirik she’rlar, ularning mumtoz devonchilik an’anasiga mosligi hamda yangi alifbo, mavzular rang-barangligi, obrazlar tizimi kabi jihatlar ochib berilgan;
hozirgi zamon she’riyatida istiqloldan keyin devon tartib bergan ijodkorlarning mazkur an’anaga erkin yondashuvi, ularning devonlarida hamd va na’t, munojot ruhidagi g‘azallarning mavjudligi, ruhiy-psixologik konseptlari, devonchilik an’anasining davr va ijtimoiy voqeliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida devon tuzish an’anasini tadqiq etishda olingan amaliy natijalar asosida:
Alisher Navoiyning devon tuzish an’anasi borasidagi alifboning barcha harflariga g‘azal bitish, devonda hamd va na’t mavzularining mavjudligi, devonga mav’iza g‘azallarni kiritish, g‘azallarning yakporaligi, devonni turli janrlar bilan boyitish kabi besh talabi keyingi davr devonchiligining alifbo, tartib, tarkib va janrlar ko‘lamiga adabiy ta’sir ko‘rsatganligiga doir xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy devonlarning janrlar tarkibi, ulardagi an’anaviylikning aks etishi va obrazlar tizimini o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
“Yoshlik devoni”, “Dilda vasling muddao”, “Asror”, “Samandar” va “Xushqadam” devonlarida ilmi aruz, ilmi bade’ va ilmi qofiyaning ifodalanganligi, mumtoz turkiy she’riyat an’analariga mansub janr, til va uslub kabi jihatlar mavjudligiga oid xulosalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, mumtoz tahlilga oid metodlar, badiiylik, ko‘rkamlik masalalari an’ana va novatorlik tushunchalarining ilmiy dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
Erkin Vohidov, Ismoil Mahmud, Dilorom Ergasheva, Shoira Shams kabi ijodkorlar devonlarining tuzilishida muqaddima va xotima, lirik she’rlar, ularning mumtoz devonchilik an’anasiga mosligi hamda yangi alifbo, mavzular rang-barangligi, obrazlar tizimi kabi jihatlar yuzasidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Tong nafasi”, “Qaqnus”, “She’r sehri” ko‘rsatuvlarida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan telemarafonlarda ishtirok etilib, fikrlar bildirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va marifat telekanali” davlat muassasasinig 2022 yil 7 martdagi 01-01/48-son ma’lumotnomasi). Bu ko‘rsatuvlar orqali chiqishlar teletomoshabinlarni zamonaviy devonlar, ularning tarkibiy tuzilishi, vazn va badiiy xususiyatlari bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
hozirgi zamon she’riyatida istiqloldan keyin devon tartib bergan ijodkorlarning mazkur an’anaga erkin yondashuvi, ularning devonlarida hamd va na’t, munojot ruhidagi g‘azallarning mavjudligi, ruhiy-psixologik konseptlari, devonchilik an’anasining davr va ijtimoiy voqeliklariga doir fikrlar orqali O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan “Xiyobon oqshomlari” she’riyat kechalari hamda “Mumtoz aruz” to‘garaklarida ma’ruzalar qilingan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2022 yil 7 martdagi 01-03/394-son ma’lumotnoma). Natijada, yosh ijodkorlarda devonchilik, g‘azalchilik va aruzga doir muayyan fikrlar va xulosalar yuzaga kelgan.