Raximova Mohinabonu Abduxamid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida esse matnlarining lingvostilistik va lingvokul`turologik tadqiqi”, 10.00.01–O‘zbek tili, (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2044. 
Ilmiy rahbar: Urinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudayberganova Durdona Sidikovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Esse matnlari tilini mustaqillikdan keyingi davrdagi vaqtli matbuot materiallari asosida lingvostilistik va lingvokul`turologik aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Publisistik uslubning nazariy-metodologik asoslari tadqiq qilingan, badiiy-publisistik janrlarning ayrimlari – lavha, ocherk, fel`eton, pamfletning o‘ziga xos va farqli jihatlari, esse janrining g‘arb va sharqda shakllanishi, tuzilishi, turlari ochib berilgan; 
badiiy-publisistik janrlardan esse, lavha, ocherk, fel`eton va pamflet janrlarining ochiqlik, dolzarblilik, dialoglilik, hozirjavoblik, fikr erkinligi va oshkoralik kabi xarakterli xususiyatlari ochib berilib, esse matnlarining hayotiylik, sub’ektivlik va paradoksallik kabi qomusiy belgilari aniqlangan;
esse matnlariga xos bo‘lgan fikr erkinligi, ochiqlik, tasavvurning harakatchanligi, oshkoralik, muallif menining ustunligi kabi jixatlarini namoyon kiluvchi  lisoniy birliklarning fonetik, leksik, sintaktik xususiyatlari asoslangan;
esse matnlarida qo‘llangan vatan, oila, shaxs, ro‘zg‘or kabi o‘zbek xalqining obrazli tafakkuri, dunyoqarashi, turmush tarzi, qadriyatlari aks etgan konseptlar aniklanib, esse matnlaridagi oila konseptining ijtimoiy qadriyatlarda muxim ahamiyatga egaligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida esse matnlarining lingvostilistik va lingvokul`turologik jihatlarini ochib berish, til xususiyatlarini tahlil qilish, milliy-mentalitetimizga xos bo‘lgan so‘zlarni lingvostilistik va lingvokul`turologik jihatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
publisistik uslubning nazariy-metodologik asoslari, badiiy-publisistik janrlarning ayrimlari – lavha, ocherk, fel`eton, pamfletning o‘ziga xos va farqli jihatlari, esse janrining g‘arb va sharqda shakllanishi, tuzilishi, turlari xamda badiiy-publisistik janrlardan esse, lavha, ocherk, fel`eton va pamflet janrlarining ochiqlik, dolzarblilik, dialoglilik, hozirjavoblik, fikr erkinligi va oshkoralik kabi xarakterli xususiyatlari, esse matnlarining hayotiylik, sub’ektivlik va paradoksallik kabi qomusiy belgilari haqidagi xulosalaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017-2020 yillar bajarilgan FA-F1-1005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yil 7 fevraldagi 17.01/238-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyihaning ilmiy salohiyati oshishiga xizmat qilgan;
esse matnlariga xos bo‘lgan fikr erkinligi, ochiqlik, tasavvurning harakatchanligi, oshkoralik, muallif menining ustunligi kabi jihatlarini namoyon qiluvchi  lisoniy birliklarning fonetik, leksik, sintaktik xususiyatlari kabi xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G002 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 13 dekabrdagi 383/1-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbek va Qoraqalpoq adabiyotidagi esse janriga xos bo‘lgan fikr erkinligi, ochiqlik, tasavvurning harakatchanligi, oshkoralik, muallif menining ustunligi kabi jihatlarini namoyon qiluvchi lisoniy birliklarning qo‘llanishiga oid ilmiy qarashlar dalillangan;
esse matnlarida  qo‘llangan vatan, oila, shaxs, ro‘zg‘or kabi o‘zbek xalqining obrazli tafakkuri, dunyoqarashi, turmush tarzi, qadriyatlari aks etgan konseptlar, esse matnlari tilini xalqona, milliy va ta’sirchan qilgan lingvomadaniy birliklar haqidagi fikrlardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining “2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPKA2-CBHE-SP-Erasmus+CBHE IMEP: O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 4 apreldagi 822/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning milliy qadriyatlarimizni ifodalovchi lingvomadaniy konseptlarni xalqarolashtirishga bag‘ishlangan bobini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish