Mamatqulova Malikaxon Vahobxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish», 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped706.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mantiqiy masalalarni adekvat echish, tanqidiy fikrlash, pedagogik hamkorlik hamda kreativlikning aktual va potensial imkoniyatlarini ta’limiy maqsadlarga mos ravishda qiyosiy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik diagnostikasi o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga asoslangan ierarxik masalalarini echishga tizimli-mantiqiy yondashish hamda ijtimoiy faollik kabi gumanistik g‘oyalaridan maqsadli va pedagogik mazmunga mos foydalanish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli ta’limiy ijod muhit, evristik texnologiyalar, kasbiy faoliyatga tayyorlash, sub’ekt-ob’ekt aloqasining tasodifiy assotsiatsiyalari tadrijiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga fikrlash jarayonlarini vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalar ijodiy qobiliyatlari rivojlanganligining korrelyasion tahlili fikran sintezlash, tasavvur va assotsiatsiyalash, fikrlash dialekti va g‘oyalarini generatsiyalash hamda mantiqiy, abstrakt, nostandart yo‘naltirilgan axborot-didaktik ta’minotni bosqichma-bosqich optimallashtirish hamda identivlik jihatining produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari mantiqiy masalalarni adekvat echish, tanqidiy fikrlash, pedagogik hamkorlik hamda kreativlikning aktual va potensial imkoniyatlarini ta’limiy maqsadlarga mos ravishda qiyosiy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 24 dekabrdagi 02-07-4209/04-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika fani va amaliyotida shaxsning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish muammosini o‘rganish imkoniyati oshirilgan;
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik diagnostikasi o‘quv maqsadlari taksonomiyasiga asoslangan ierarxik masalalarini echishga tizimli-mantiqiy yondashish hamda ijtimoiy faollik kabi gumanistik g‘oyalaridan maqsadli va pedagogik mazmunga mos foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 24 dekabrdagi 02-07-4209/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv faoliyatida talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish tizimining modelini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli ta’limiy ijod muhit, evristik texnologiyalar, kasbiy faoliyatga tayyorlash, sub’ekt-ob’ekt aloqasining tasodifiy assotsiatsiyalari tadrijiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga fikrlash jarayonlarini vektorli yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 24 dekabrdagi 02-07-4209/04-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba shaxsining ijodkorlik qobiliyati shakllanganlik mezonlari va darajalarini ishlab chiqishga erishilgan.
talabalar ijodiy qobiliyatlari rivojlanganligining korrelyasion tahlili fikran sintezlash, tasavvur va assotsiatsiyalash, fikrlash dialekti va g‘oyalarini generatsiyalash hamda mantiqiy, abstrakt, nostandart yo‘naltirilgan axborot-didaktik ta’minotni bosqichma-bosqich optimallashtirish hamda identivlik jihatining produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 24 dekabrdagi 02-07-4209/04-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida o‘quv faoliyatida talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga erishilgan.