Ergashova Madina Muxtarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Revmatoid artrit bilan kasallangan ayollarda ikkilamchi osteoartrozning klinik kechishi, diagnostikasi va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.05-Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1331.
Ilmiy rahbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori. professor;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xusinova Shoria Akbarovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
II. Tadqiqotning maqsadi revmatoid artrit va ikkilamchi osteoartroz bilan kasallangan bemorlarda klinik va laborator ko‘rsatkichlarini kompleks baholash orqali erta differensial diagnostika samaradorligini oshirish va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artrit bilan og‘rigan barcha tekshirilgan bemorlarning 49,6%da turli darajadagi ikkilamchi osteoartroz rivojlanishi va uning asosiy kasallikning davomiyligi va faolligi bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
RA bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-6, TNF-α), immunologik marker (ASSP) va oligomer matriksli tog‘ay oqsili (COMP) ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi oqibatida tog‘aylarda immun genezli jarayon kechishi aniqlangan;
RA va ikkilamchi OA bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning yuqori faolligi va bo‘g‘imlarning chuqur shikastlanishi, qon zardobida COMP miqdoriga tobeligi aniqlangan;
RA va ikkilamchi OA bilan kasallangan bemorlarda bazis terapiyaga qo‘shimcha xondroprotektorlar va kal`siy preparatlarni qo‘llash natijasida tog‘ay strukturasining tiklanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Revmatoid artritli ayollarda ikkilamchi artrozning klinik kechishi, diagnostikasi va davolash xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
RAda klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari asosida ikkilamchi OAning erta tashxislashining takomillashtirishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artrit bilan kasallangan ayollarda ikkilamchi osteoartrozning klinik kechishi, diagnostikasi algaritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 8n-r/858-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma revmatoid artrit va ikkilamchi osteoartrozni erta tashxislashda COMPning asosiy rolini aniqlash, kasallikning asoratlarini va nogironlikni kamaytirish imkonini bergan;
RA bilan og‘rigan bemorlarda ikkilamchi artrozning klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Revmatoid artritli ayollarda ikkilamchi osteoartrozni ratsional davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 iyuldagi 8n-r/855-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda ikkilamchi OAni davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
revmatoid artritli ayollarda ikkilamchi osteoartrozning klinik kechishi, diagnostikasi, davolash va prognozlash usullarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani tibbiyot birlashmasi va Samarqand viloyati Tayloq tumani markaziy shifoxonasi terapevtik bo‘limlari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 5-sentabrdagi 8n-z/452-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi erta tashxis qo‘yishni optimallashtirish, kasallikning kechishini bashorat qilish, asoratlarning o‘z vaqtida oldini olish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va terapevtik chora-tadbirlar samaradorligini oshirish imkonini bergan.