Axtyamov Azizboy Erkinboevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reklama matnlarining o‘zbek, rus va nemis tillari misolidagi pragmalingvistik tahlili” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2021.4PhD/Fil2145.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Extiyotxon Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona  davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sultonova Shoxista Muxammadjonovna,  filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, rus va nemis tillari misolida reklama matnlari, uning elementlari va matndan tashqari omillarini pragmalingvistik jihatdan ochib berishdan iborat. 
Sh.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reklama matni til, tovush, vizual qismli super matn bo‘lganligi sababli uni pragmalingvistik jihatdan yoritish kompleks yondashuv orqali amalga oshirilishi isbotlangan;
reklama matnining pragmalingvistik tahlili sarlavha, shior, mahsulot nomi kabi elementlari (matn ichida), ehtiyoj, bozor munosabati, raqobat kabi omillari (matn tashqarisida) va ularning hamkorligi masalalarini ko‘rib chiqishga asoslanganligi va buning natijasida supermatn haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga xizmat qiluvchi verbal, noverbal, paraverbal shakllar, argumentatsiya turlari, reklama matnining mazmuni, shakli dalillangan;
qabul qiluvchiga tovush va vizual ta’sirning kam o‘rganilganligi bois pragmalingvistika doirasida analitik transkripsiya tizimining qo‘llanilishi radio va telereklamalarning mul`timodalligi va mul`tikodalligi singari usullari isbotlangan;
har bir reklama vositasi supermatnni shakllantirishga xizmat qiluvchi bir, ikki yoki uch turdagi qisman matnlarni o‘z ichiga olishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, ularning uch bosqichli analizi va sintezi potensial ta’sir, intertekstuallik, reklama matni funksiyasi orqali aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
reklama matni til, tovush, vizual qismli super matn bo‘lganligi sababli uni pragmalingvistik jihatdan yoritish kompleks yondashuv orqali amalga oshirilishiga oid xulosalar Farg‘ona viloyati Savdo-sanoat palatasi a’zolarining targ‘ibot-tashviqot faoliyatini tashkilash va reklama matnlarini tayyorlashga joriy etilgan (Farg‘ona viloyati Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 29 martdagi 01/AC-347-03-son  ma’lumotnomasi). Natijada “Evroprint” MChJ, “Poligraf press” MChJ, “Super Print” MChJ tomonidan tayyorlangan reklama matnlarining ta’sir ko‘lami ortib, ularning iste’molchilar tomonidan oson va qulay idrok etilishiga  erishilgan;
reklama matnining pragmalingvistik tahlili sarlavha, shior, nomi kabi  elementlari (matn ichida), ehtiyoj, bozor munosabati, raqobat kabi omillari  (matn tashqarisida) va ularning hamkorligi masalalarini ko‘rib chiqishga asoslanganligi va buning natijasida supermatn haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga xizmat qiluvchi verbal, noverbal, paraverbal shakllar, argumentatsiya turlari, reklama matnining mazmuni, shakliga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari tomonidan berilgan 2022 yil 15 apreldagi 02/6-09-6-son ma’lumotnoma). Natijada nazariy fikrlar mazkur qonunning terminologik tizimini takomillashtirish va  uning sifat jihatidan o‘zgarishiga xizmat qilgan;
qabul qiluvchiga tovush va vizual ta’sirning kam o‘rganilganligi bois pragmalingvistika doirasida analitik transkripsiya tizimining qo‘llanilishi radio va telereklamalarning mul`timodalligi va mul`tikodalligi singari usullariga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zMTRK “Farg‘ona” viloyat  teleradiokanali “Adabiy muhit”, “Assalom, Farg‘ona!” teledasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 23 noyabrdagi 331-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari mazkur ko‘rsatuvlarni ommalashtirish va ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish