Yusupova Dildora Yunus qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Halima Xudoyberdieva she’riyati lingvopoetikasi”,  10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1563.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Habibovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Rashidova Umida Mansurovna, filologiya fanlari doktori (PhD),  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Halima Xudoyberdieva she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlarini lingvopoetik jihatdan ochib berish hamda ularni tavsiflashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shoira she’riyatiga lingvopoetik yondashuv tamoyillari mohiyati va fonopoetik, leksik-semantik xususiyatlari she’r kompozisiyasini shakllantirish va poetik deb ataluvchi vositalarni yuzaga keltirishi sababli boy va rang-barang ekanligi, so‘zlararo stilistik (metafora, metonimiya, sinekdoxa, ironiya, oksimoron hodisalari bilan bog‘liq) xususiyatlar, shakl va ma’no munosabatlari (omonimlik, sinonimlik, antonimlik, graduonimik, gipo-giperonimik, partonimik) asosida aniqlangan;
Halima Xudoyberdieva she’riyatida o‘zbek tili ichki imkoniyatlarining lug‘aviy birlikka xos belgi-xususiyatlari, so‘z yasash imkoniyatiga ko‘ra kengligi affiksial va kompozision okkazionalizmlar, morfologik hamda sintaktik xususiyatlarining kommunikativ, grammatik va stilistik xususiyatlarining lingvopoetikasi dalillangan;
onomastik birliklarning poetik-estetik ta’sirchanlikni oshirish  xususiyatiga ko‘ra badiiy matnda konnotativ-dennotativ ma’no kasb etishi, intertekstuallik hosil qilishdagi ijodkor individual uslubiga xos bo‘lgan struktural o‘zgarishlar ahamiyati, badiiy  akslanishi, matn butunligini shakllantirishda leksik-semantik tizimda muhim o‘rin tutishi shoira she’riyatidagi nomlar orqali isbotlangan; 
adiba ijodida uslub individualligini, nutq ta’sirchanligini boyitishda sintaktik parallelizm, emotsionallik, ritorik so‘roq gap, inversiya, ellipsis, gradatsiya, antiteza hamda o‘xshatishlar kabi poetik-sintaktik, funksional-stilistik o‘ziga xosliklarni ta’minlovchi sintaktik vositalar lingvopoetik aspektda asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda Halima Xudoyberdieva she’riyati lingvopoetikasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
shoira she’riyatiga lingvopoetik yondashuv tamoyillari mohiyati va fonopoetik, leksik-semantik xususiyatlari she’r kompozisiyasini shakllantirish va poetik deb ataluvchi vositalarni yuzaga keltirishi sababli boy va rang-barang ekanligi, so‘zlararo stilistik (metafora, metonimiya, sinekdoxa, ironiya, oksimoron hodisalari bilan bog‘liq) xususiyatlar, shakl va ma’no munosabatlari (omonimlik, sinonimlik, antonimlik, graduonimik, gipo-giperonimik, partonimik) asosida aniqlanganligiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022 yil 27 maydagi №17.01/105 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, so‘z yasalishida leksik ma’noning o‘rnini yoritish; lug‘aviy shakl yasovchilarning hozirgi o‘zbek va qoraqalpoq tillarida qo‘llanish doirasini qiyoslab o‘rganish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy qarashlar fundamental loyihaning mukammallashishiga xizmat qilgan;
Halima Xudoyberdieva she’riyatida o‘zbek tili ichki imkoniyatlarining lug‘aviy birlikka xos belgi-xususiyatlari, so‘z yasash imkoniyatiga ko‘ra kengligi affiksial va kompozision okkazionalizmlar, morfologik hamda sintaktik xususiyatlarining kommunikativ, grammatik va stilistik xususiyatlarining lingvopoetikasi dalillanganligi bilan bog‘liq nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetining A-OT-2021-2-raqamli «Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish» nomli amaliy loyihada (2020-2021 yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 13 iyundagi 06/03-1-2-son ma’lumotnomasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 17 iyundagi 04/1-2083-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoira ijodiga tegishli she’riy matnlar o‘zbek milliy poetik matnlari fondini to‘ldirishi bilan bog‘liq fikrlar amaliy loyihaning takomillashuviga xizmat qilgan; 
onomastik birliklarning poetik-estetik ta’sirchanlikni oshirish  xususiyatiga ko‘ra badiiy matnda konnotativ-dennotativ ma’no kasb etishi, intertekstuallik hosil qilishdagi ijodkor individual uslubiga xos bo‘lgan struktural o‘zgarishlar ahamiyati, badiiy  akslanishi, matn butunligini shakllantirishda leksik-semantik tizimda muhim o‘rin tutishi shoira she’riyatidagi nomlar orqali isbotlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi qoshida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 15-son «Nilufar» adabiy to‘garagi mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limining 2022 yil 13 iyundagi 15-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, poetik tilning lisoniy-nutqiy xususiyatlarini aniqlashga oid tavsiyalar yaratish imkoniyati boyitilgan; 
adiba ijodida uslub individualligini, nutq ta’sirchanligini boyitishda sintaktik parallelizm, emotsionallik, ritorik so‘roq gap, inversiya, ellipsis, gradatsiya, antiteza hamda o‘xshatishlar kabi poetik-sintaktik, funksional-stilistik o‘ziga xosliklarni ta’minlovchi sintaktik vositalar lingvopoetik aspektda asoslanganligi haqidagi ilmiy  qarashlardan «Buxoro» telekanalining 1/134-raqamli «Menga so‘z bering», «Assalom, Buxoro», «Jahon tamadduni durdonalari», «Asrlarning asraganlari» teleko‘rsatuvlari, «Buxoro» radiosining «Muloqot va munozara», «Qadriyatlar qadim beshigi» radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 iyundagi 1/134-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallar ilmiy-ommabopligi oshirilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish