Hamroeva Nafisa Nizomiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek nutqiy muloqotida fatika (iltifot misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1559.
Ilmiy rahbar: Toirova Guli Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nilufar Abdurahmonovna Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida fatika va uning ko‘rinishi bo‘lgan iltifotning nazariy hamda amaliy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida fatik muloqot nazariyasi, uning fatik hodisa sifatida shakllanishi iltifotga o‘xshash «mulozamat», «maqtov» kabi yondosh hodisalar bilan diskursning samaradorligini oshirishda muloqotning kommunikativ vazifasi - fatik, ritorik, estetik, terapevtik, metokommunikativ bog‘liqligi dalillangan;
tilning «fatik kommunikasiya» tushunchasini lutf, xushomad, iltifot (kompliment), maqtov, izhori munosabat, minnatdorlik, hazil-mutoyiba, olib qochish/chalg‘itish kabi pragmalingvistik yondashuvlarni oshirish/aniqlash orqali fatikaning kommunikativ strategiyasi samimiy va maqsadli iltifot kabi shakllarda kelishi isbotlangan;
iltifotning fatik muloqot janri sifatida muloqotni boshlash/ o‘rnatish, muloqotni saqlab qolish/ qo‘llab-quvvatlash va muloqotni yakunlash kabi ko‘rinishlarini nutqiy etiket sifatida dialogik nutqda o‘zaro sun’iy (nosamimiy, soxta) alqovlar bilan siylash, ya’ni mulozamatni oshkor etish kabi salbiy hamda cuhbatdoshni ulug‘lash, unga ehtirom ko‘rsatish kabi ijobiy ta’siri aniqlangan;
nutqiy muloqotda ikki tomonning qarama-qarshiligi, qarama-qarshilikni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat, nizoli vaziyat sub’ektlarining mavjudligi kabi xususiyatlar ziddiyatli/konfliktli diskursning ijtimoiy-psixologik mohiyatiga emosional va biologik ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek nutqiy muloqotda fatikaning talqinlarini ochib berish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligida fatik muloqot nazariyasi, uning fatik hodisa sifatida shakllanishi, iltifotga o‘xshash «mulozamat», «maqtov» kabi yondosh hodisalar bilan bog‘liqligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining F1-FA-0-13229 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» nomli fundamental loyihada (2012-2016 yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 10 sentyabrdagi 230/1-son ma’lumotnomasi). Natijada diskursning samaradorligini oshirish, nutqiy muloqot uchun qulay vaziyatni yaratish imkoniyati ilmiy-nazariy jihatdan dalillangan;
tilning «fatik kommunikasiya» tushunchasini yoqimli vaziyatni hosil qilish, kommunikantga bo‘lgan hurmatni oshirish/aniqlash kabi ilmiy qarashlardan Buxoro davlat universitetining P3-202005236 «Oila psixologiyasi fanidan mul`timediya mahsulotini yaratish» nomli fundamental loyihada (2020-2021 yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 15 iyuldagi 01-04/01-1326-son ma’lumotnomasi). Natijada fatikaning kommunikativ strategiyasi samimiy va maqsadli iltifot kabi shakllarda kelishi isbotlangan;
iltifotning fatik muloqot janri sifatida muloqotni boshlash/ o‘rnatish, muloqotni saqlab qolish/ qo‘llab-quvvatlash va muloqotni yakunlash kabi ko‘rinishlar asosidagi tahlillaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi «Nilufar» adabiy to‘garagi mashg‘ulotlarida va o‘zbek tilini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limining 2021 yil 4 oktyabrdagi 14-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy etiket sifatida dialogik nutqda o‘zaro sun’iy (nosamimiy, soxta) alqovlar bilan siylash, ya’ni mulozamatni oshkor etish kabi salbiy hamda cuhbatdoshni ulug‘lash, unga ehtirom ko‘rsatish kabi ijobiy ta’siri aniqlangan;
nutqiy muloqotda ikki tomonning qarama-qarshiligi, qarama-qarshilikni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat, nizoli vaziyat sub’ektlarining mavjudligi kabi ilmiy qarashlardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Ilm dunyosi», «Assalom, Buxoro» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro Viloyat Teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 1/231-son ma’lumotnomasi). Natijada ziddiyatli/konfliktli diskursning ijtimoiy-psixologik mohiyatiga emosional va biologik ta’siri isbotlangan.