Turaev Xumoyiddin Abdug‘afforovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarining loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizmachilik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1123.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarining loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarini bo‘lajak kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda (kreativ, lateral fikrlash, ob’ektni grafik tasvirlash) pedagogik-psixologik va topshiriqni uch o‘lchamli loyihalash usullari, vizual konstruksiyalashga oid ta’lim mazmuni va jarayonini tashkil etishning funksional-didaktik imkoniyatlarini texnik mezonlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvi va aloqadorligi asosida ob’ektiv real holatning paradigmik xususiyatlari aniqlangan;
bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarini (g‘oyaviylik, kognitivlik, pedagogik-psixologik tayyorgarlik) kasbiy sifatlariga ko‘ra pedagogik faoliyatga tayyorlashning metodologik yondashuvlariga ustuvorlik berish orqali loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish modeli virtuallik va illyustrativlik tamoyillari asosida mazmunan takomillashtirilgan;
talabalarning loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishda amaliy integratsiyalashga asoslangan o‘qitish metodikasi kasbga yo‘naltirilgan ijodiy masalalar, shaxsiy fazilatlar va kasbiy grafik faoliyat tuzilmasini kiritish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarining dual ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid rang korrelyasiyasi, dispersion tahlil, statistik kuzatish, diagnostik-muvofiqlashtiruvchi integrativ usullardan foydalanib, amaliy ta’limni tashkil etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarining loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarini (g‘oyaviylik, kognitivlik, pedagogik-psixologik tayyorgarlik) kasbiy sifatlariga ko‘ra pedagogik faoliyatga tayyorlashning (ko‘rgazmalilik, ilmiylik, moslashuvchanlik) metodologik yondashuvlariga ustuvorlik berish orqali loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish modelini (tovushli, uch o‘lchamli grafik) virtuallik va (animatsiya, dizayn, foto) illyustrativlik tamoyillari asosida mazmunan takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Chizmachilik (proeksion chizmachilik)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-son buyrug‘i, 166-179 raqamli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitish jarayonining o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish orqali talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga strategik tayyorlashga erishilgan;
talabalarning loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirishda kasbga yo‘naltirilgan ijodiy masalalar hamda (global fikrlash, intizomlilik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini boshqara olish) shaxsiy fazilatlar va (amaliy, ijodiy, individual, kreativ) kasbiy grafik faoliyat tuzilmasini amaliy integratsiyalashga asoslangan o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid nazariyalar “Chizma geometriya (perspektiva)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-618 raqamli guvohnomasi). Natijada, talabalaning loyihalash-konstruktorlik kompetentligini rivojlantirish metodikasini innovatsion ta’lim texnologiyalari va vositalari orqali takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak chizmachilik fani o‘qituvchilarining dual ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid rang korrelyasiyasi, dispersion tahlil, statistik kuzatish, diagnostik-muvofiqlashtiruvchi integrativ usullardan foydalanib, amaliy ta’limni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalardan Termiz davlat universitetining PZ-20170926176-raqamli “Surxondaryo viloyatida erosti sho‘r suvlari tarkibidagi yod va uning birikmalarini ajratib olish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi grant loyihaning “Gidrotermal suvlardan yod olishning havo-desorbsiya texnologik usulini takomillashtirish” qismini bajarishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022 yil 26 maydagi 04/12-1768-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassis kadrlarning texnik detal, moslamalar va binolarning loyihalash-konstruksiyalash ishlarini AutoCAD grafik dasturida bajarish jarayonlarini amalga oshirish asosida dual ta’limga oid ko‘nikmalari rivojlantirilgan.