Tag‘oeva Dilnavoz Narziqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jadidlar ma’naviy merosida oila masalasi va uning falsafiy tahlili” 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal437.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Ne’matovna, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08. 
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Amridinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jadidlar ma’naviy merosida oila to‘g‘risidagi qarashlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish asosida oila institutini mustahkamlashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asaridagi an’anaviy va zamonaviy oila xususidagi qarashlarining ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan mushtarakligi hamda yoshlarda oilaparvarlik, nikohning muqaddasligi, farzand tarbiyasi, oila ma’naviyatiga  pozitiv ta’siri “inson va oila”, “oila va jamiyat”, “oila va millat” tamoyillari asosida ochib berilgan; 
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Mahmudxo‘ja  Behbudiy  merosining millat badiiy tafakkuri takomiliga ta’sirt ko‘rsatganligi hamda uning millatni uyg‘otish, farzand tarbiyasi, oila mulkini asrash, tejamkorlik, milliy tarbiya, milliy ozodlik, millat taqdiri haqidagi g‘oyalari kosmopolitizm g‘oyalariga qarshi ekanligining metodologik jihatlari mantiqiy asoslangan;
Rahmatullo Vozehning “Aqoid an-Niso” va Abdurauf Fitratning “Oila va oila boshqarish tartiblari” asarlaridagi sog‘lom oila, sog‘lom oilaviy munosabatlarni o‘rnatish, xotin qizlarni o‘qitish, oila sha’ni va farzand tarbiyasidagi roliga oid g‘oyalari “zamonaviy ma’rifatli oila” konsepsiyasini shakllantirishning milliy konseptual asoslari ekanligi dalillangan;    
Abdurauf Fitratning ma’naviy merosidagi milliy islohotchilik g‘oyalari hamda ma’rifatparvarlik, jadidchilik, nozirlik faoliyatining vatanparvarlik, millat qadri va qaddini tiklash, savodsizlikni tugatish, ilmga targ‘ib etish, millatni dunyo xalqlari qatoridagi mavqeini oshirishga qaratilganligi milliy xarakter shakllanishida konstruktiv asos bo‘lganligi falsafiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadidlar ma’naviy merosida oila masalasi va uning falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asaridagi an’anaviy va zamonaviy oila xususidagi qarashlarining ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan mushtarakligi hamda yoshlarda oilaparvarlik, nikohning muqaddasligi, farzand tarbiyasi, oila ma’naviyatiga  pozitiv ta’siri “inson va oila”, “oila va jamiyat”, “oila va millat” tamoyillari asosida ochib berilganligiga oid nazariy umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88-son “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 29 oktyabrdagi 04/11-6758-son ma’lumotnomasi) Natijada, o‘sib kelayotgan yosh avlodni jadidlar ma’naviy merosida oila masalasi doir g‘oyalar asosida barkamollik, komillik va oila muqaddas, uni doim asrab-avaylash kerakligi ruhida tarbiyalashda hamda yurtimiz farovonligi, mustakilligini mustahkamligini ta’minlashga xizmat qilgan;
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Mahmudxo‘ja  Behbudiy  merosining millat badiiy tafakkuri takomiliga ta’siri, hamda uning millatni uyg‘otish, farzand tarbiyasi, oila mulkini asrash, tejamkorlik, milliy tarbiya, milliy ozodlik, millat taqdiri haqidagi g‘oyalari kosmopolitizm g‘oyalariga qarshi ekanligiga doir ilmiy yangiliklar va tavsiyalardan “Durdona” nashriyoti tomonidan 2022 yilda chop etilgan “Ma’naviyatshunoslik” o‘quv qo‘llanmasining “Jadidlar dunyoqarashi genezisi”, “Jadid mutafakkirlarining oila institutini mustahkamlash va uning barkamol avlod tarbiyasida tutgan o‘rni” mavzularini tayyorlashda hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9 sentyabrdagi 302-son buyrug‘i va 302-0061-son guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimida o‘qitilayotgan “Ma’anviyatshunoslik” fanini mazmunan yangilashda, takomillashtirishda hamda jaddidchilik faoliyatini o‘rganish orqali barkamol avlod tarbiyasida oilaning o‘rnini mustahkamlash va yoshlarda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Rahmatullo Vozehning “Aqoid an-Niso” va Abdurauf Fitratning “Oila va oila boshqarish tartiblari” asarlaridagi sog‘lom oila, sog‘lom oilaviy munosabatlarni o‘rnatish, xotin qizlarni o‘qitish, oila sha’ni va farzand tarbiyasidagi roliga oid g‘oyalari “zamonaviy ma’rifatli oila” konsepsiyasini shakllantirishning milliy konseptual asoslari ekanligiga oid ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88-son “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 29 oktyabrdagi 04/11-6758-son ma’lumotnomasi) Natijada, mamlakatda oila mustahkamligini ta’minlash, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik goyasi hamda qat’iy fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, xotin-qizlar sohasidagi muammolarga samarali echimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishni samarali amalga oshirishga xizmat qilgan;
Abdurauf Fitratning ma’naviy merosidagi milliy islohotchilik g‘oyalari hamda ma’rifatparvarlik, jadidchilik, nozirlik faoliyatining vatanparvarlik, millat qadri va qaddini tiklash, savodsizlikni tugatish, ilmga targ‘ib etish, millatni dunyo xalqlari qatoridagi mavqeini oshirishga qaratilganligi milliy xarakter shakllanishida konstruktiv asos bo‘lganligiga doir ilmiy yangiliklar va tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yilda efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Zamondosh”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 31 oktyabrdagi 1/265-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda jadid allomalarimizning ilmiy-nazariy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yosh avlodni ajdodlarimizning ezgu an’analari ruhida tarbiyalash, shu orqali ma’rifatli jamiyat sari ildam qadam tashlash, ajdodlarga munosib bo‘lib etishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlashga, tomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish