Gulamova Munisxon Mahmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xoja Muhammad Porso ma’naviy merosida inson tushunchasi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal587.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Namozov Bobir Bahrievich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Gulandom Samievna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Samatov Xurshid Ulmasjonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi Xoja Muhammad Porso ma’naviy merosidagi inson tushunchasining irfoniy-falsafiy mohiyatini ochib berish va uning komil insonni tarbiyalashdagi o‘rnini asoslashdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xoja Muhammad Porsoning “Risolai qudsiya” asarida Bahouddin Naqshband ta’limoti nazariy boyitilganligi hamda inson tushunchasining (aksiologik, antropologik) negizida “Dil ba Yor, dast ba kor” (tana va ruh uyg‘unligi) g‘oyasiga mutanosib ekanligi ochib berilgan;
Muhammad Porso “Fasl-al xitob” asarida ilgari surgan “Farosat” ilmi konsepsiyasi antropologik va gnoseologik ta’limotlar bilan o‘zaro dialektik ildizlarga ega ekanligi, tasavvufda inson tushunchasiga oid qarashlarning takomillashuviga xizmat qilganligi mantiqiy argumentlash vositasida asoslangan;
Xoja Muhammad Porsoning inson borlig‘idagi tabiat (modda), ma’naviy (qalb, nafs, husni xulq) inson mohiyatining asosi ekanligi va ularning o‘zaro deterministik ta’siri falsafiy ta’limotlarning ontologik xususiyatlari bilan bog‘liqligi “Fasl-al xitob” asaridagi falsafiy-antropologik g‘oyalar asosida mantiqiy dalillangan;
Xoja Muhammad Porsoning “Fasl-al xitob” asaridagi ilm, ma’rifatli bo‘lish, saodat belgilari, ikki olam saodatiga erishish singari komillikka undovchi g‘oyalari inson qadrini ulug‘lash, ma’rifatli ma’naviy makon barpo etishda hamda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda substansional asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan.
III.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xoja Muhammad Porso ma’naviy merosidagi inson tushunchasining irfoniy-falsafiy mohiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Xoja Muhammad Porsoning “Risolai qudsiya” asarida Bahouddin Naqshband ta’limoti nazariy boyitilganligi hamda inson tushunchasining (aksiologik, antropologik) negizda “Dil ba Yor, dast ba kor” (tana va ruh uyg‘unligi) g‘oyasiga mutanosib ekanligi ochib berilganligiga oid nazariy umumlashma va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosinnng G‘arb olimlari tomonidan tadkiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyixasida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 13 avgustdagi 01/10-I-4656-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘sib kelayotgan yosh avlodda Xoja Muxammad Porso ma’naviy merosining inson borlig‘i, moddiy va ma’naviy uyg‘unlik asosida umuminsoniy qadriyatlar “inson falsafasi” va diniy bilimlarning zamonaviy shaxs tarbiyasi va insonparvarlik pozisiyalarining mustahkamligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Muhammad Porso “Fasl-al xitob” asarida ilgari surgan “Farosat” ilmi konsepsiyasi antropologik va gnoseologik ta’limotlar bilan o‘zaro dialektik ildizlarga ega bo‘lib, tasavvufda inson tushunchasiga oid qarashlarning takomillashuviga xizmat qilishiga doir xulosalar va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining o‘quv seminarlari, treninglarni tashkil etishda, jumladan, jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning II “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2022 yil 7 iyundagi 442-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilik va yosh avlod ongiga, buyuk mutafakkir ijtimoiy-falsafiy, axloqiy qarashlarini yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlar asosida singdirish, ularni kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidoyi inson bo‘lib etishishlarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Xoja Muhammad Porsoning inson borlig‘idagi tabiat (modda), ma’naviy (qalb, nafs, husni xulq) inson mohiyatining asosi ekanligi va ularning o‘zaro deterministik ta’siri falsafiy ta’limotlarning ontologik xususiyatlari bilan bog‘liqligi “Fasl-al xitob” asaridagi falsafiy-antropologik g‘oyalari asosida mantiqiy dalillanganligia oid ilmiy xulosalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqikot markazining II Bob “Islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan xalqimiz ma’naviyati va madaniyati rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish” bandidagi ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda, buyurtma asosidagi “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” kitob- al`bomining “Islom” qismini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqikot markazining 2022 yil 5 iyuldagi 02/334-son ma’lumotnomasi). Natijada, kitob-al`bomning mavzularini ilmiy manbalar asosida mazmunan boyitishga hamda Muhammad Porsoning ilm, ma’rifatli bo‘lish, saodat belgilari, ikki olam saodatiga erishish singari komillikka undovchi g‘oyalari inson qadrini ulug‘lash, ma’rifatli ma’naviy makon barpo etishiga xizmat kilgan;
Xoja Muhammad Porsoning “Fasl-al xitob” asaridagi ilm, ma’rifatli bo‘lish, saodat belgilari, ikki olam saodatiga erishish singari komillikka undovchi g‘oyalari inson qadrini ulug‘lash, ma’rifatli ma’naviy makon barpo etishda hamda yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda substansional asosga ega ekanligiga doir ilmiy yangiliklar va amaliy takliflardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yilda efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Zamondosh”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 avgustdagi 1/194-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqimizni, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zarurligi, diniy va milliy totuvlik g‘oyalaridan bag‘rikenglik, bugungi kunda insonlarni hayotni qadrlashga, yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashda eng samarali, maqbul usullari haqidagi xulosalar teletomoshabinlarning ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan.