Bozorov Shuxrat Salaydinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ahmad Donish ma’rifatparvarlik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal585.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, RhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Axmedova Zebiniso Azizovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ahmad Donish ma’rifatparvarlik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish va ma’rifiy jamiyat barpo etishdagi o‘rnini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorlashuvi yo‘lida Ahmad Donishning milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy hamjihatlilik va tolerantlik kabi ilg‘or g‘oyalarining konstruktiv (bunyodkorlik) ahamiyati “Navodir ul-vaqoe’” asari asosida dalillangan;
mutafakkirning sadoqat, nafsni engish, sabr-qanoat kabi inson komilligi mezonlari uzluksiz ma’naviy tarbiya tamoyillariga hamohangligi, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni shakllantirishi sababli bugungi zamonaviy yoshlar axloqiy tarbiyasiga adekvat ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
Ahmad Donish tomonidan jamiyat stratifikatsion tizimida ziyoli qatlam mavqeini oshirish haqidagi sekulyaristik g‘oyalari xalq haqida g‘amxo‘rlik, davlat iqtisodiyotining yuksalishi, fan va texnikani rivojlantirish hamda ijtimoiy manfaatlarga bo‘ysunishni ttarg‘ib etganligiga ko‘ra jamiyat taraqqiyotining substansional asosiga mos ekanligi aniqlangan;
Ahmad Donishning “Buxoro mang‘itlarining qisqacha tarixi”,“Navodir ul-vaqoe’” asarlarida o‘sha davr jamiyat boshqaruvi, davlatchilik tuzumi kabi muammolarni echimida davlat boshqaruvi va ishlab chiqarish tizimida bilimli, tajribali kadrlarni tanlash va ularga munosib amal berish zaruratini asoslaganligi sababli fundamental manba ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ahmad Donish ma’rifatparvarlik qarashlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berish asosida ma’rifiy jamiyat barpo etishdagi o‘rnini tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorlashuvi yo‘lida Ahmad Donishning milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy hamjihatlilik va tolerantlik kabi ilg‘or g‘oyalarining konstruktiv ahamiyati “Navodir ul-vaqoe’” asari asosida ishlab chiqilgan xulosalar va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan KA-Z-007-raqamli “O‘zbekistonda fan va ta’lim integratsiyalashuvi jarayonining ijtimoiy, ma’naviy-ahloqiy, konseptual falsafiy muammolari tahlili” (2018-2020 yy) mavzusidagi amaliy-ilmiy tadqiqot loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 28 iyuldagi 04/11-4374-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va keng jamoatchilikka mutafakkir Ahmad Donishning ma’rifatrarvarlik faoliyati va ma’naviy-merosining hozirgi zamon uchun ahamiyati, uning barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning zaruriyatini asoslashga xizmat qilgan;
mutafakkirning sadoqat, nafsni engish, sabr-qanoat kabi inson komilligi mezonlari uzluksiz ma’naviy tarbiya tamoyillariga hamohangligi, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni shakllantirishi sababli bugungi zamonaviy yoshlar axloqiy tarbiyasiga adekvat ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishiga oid “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatni keng targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari” g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari” loyihalar tanlovini tashkil etishda hamda 9 band mamlakatimizdagi keng qamrovli islohotlar mazmunini aholining turli qatlamlariga tushuntirish, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda xalq birdamligi va daxldorligini kuchaytirishga qaratilgan “Uyg‘onish ma’rifati” turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2022 yil 17 iyundagi 02/02/1094-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda yuz berayotgan islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarda ma’rifatparvar mutafakkirlarning boy ma’naviy merosidan foydalanish, ajdodlarimizning ilg‘or g‘oyalarini zamonaviy yoshlarning intelektual salohiyatini o‘stirishda foydalanishda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
Ahmad Donish tomonidan jamiyat stratifikatsion tizimida ziyoli qatlam mavqeini oshirish haqidagi sekulyaristik g‘oyalari xalq haqida g‘amxo‘rlik, davlat iqtisodiyotining yuksalishi, fan va texnikani rivojlantirish hamda ijtimoiy manfaatlarga bo‘ysunishni ttarg‘ib etganligiga ko‘ra jamiyat taraqqiyotining substansional asosiga mos ekanligiga oid nazariy umumlashmalar va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” mavzusidagi ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2022 yil 16 iyundagi 02/304-son ma’lumotnomasi). Natijada, “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi mavzusidagi ensiklopediyani mazmunan takomillashtirishga, javonmardlik, sadoqat, nafsni engish, sabr-qanoat kabi inson komilligi mezonlari bugungi zamonaviy yoshlar axlokiy tarbiyasiga adekvat ekanligini falsafiy jihatdan asoslashga xizmat qilgan;
Ahmad Donishning “Buxoro mang‘itlarining qisqacha tarixi”,“Navodir ul-vaqoe’” asarlarida o‘sha davr jamiyat boshqaruvi, davlatchilik tuzumi kabi muammolarni echimida davlat boshqaruvi va ishlab chiqarish tizimida bilimli, tajribali kadrlarni tanlash va ularga munosib amal berish zaruratini asoslaganligi sababli fundamental manba ekanligi doir taklif va tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 iyun kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqandǃ” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 iyundagi 01-02/231-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ahmad Donishning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida xalqning siyosiy ongini oshirish, mamlakatni demokratlashtirish, yurt, millat, inson erki, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-falsafiy g‘oyalari asosida barkamol avlodni etuk shaxs sifatida shakllantirish orqali ma’rifatli jamiyat qurish g‘oyalarini targ‘ib qilishga xizmat qilgan.