Saitmurodov Jobirjon Boymurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gegel` ijtimoiy falsafasida taraqqiyot konsepsiyasi», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal412.
Ilmiy rahbar: Ruzmatova Gulnoz Miraxrorovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rustam Tohirovich, falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Odil Rahmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Gegel` asarlaridagi jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mutafakkir ijodidagi kambag‘allik fenomeni genezisining kishilarda o‘z huquqlarini bilmaslikning ijtimoiy oqibatlari, halollik mezonlaridagi o‘zgarishlar, or-nomus va vijdon hislarining yo‘qolishi, boqimandalik kayfiyatining kuchayishi kabi omillarga tayanuvchi insoniy illatlar ochib berilgan;
oilaning mustahkam bo‘lishida alohida inson irodasining oila irodasi oldidagi mas’uliyati, majburiyat, burch, yaxshilik kabi tushunchalar bilan o‘zaro dialektik bog‘liq ekanligi inson faoliyatida huquq va axloq mutanosibligiga erishish vositasida asoslangan;
mutafakkir tomonidan ilgari surilgan qonun ustuvorligi g‘oyasining davlat hokimiyati idoralari va barcha fuqarolar uchun birdek majburiyligi to‘g‘risidagi konstruktiv fikrlari kumulyativ mazmunga egaligi sababli zamonaviy huquqiy davlatni barpo qilishning metodologik asosi ekanligi isbotlangan;
falsafiy tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liq jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish, muhtoj aholi qatlamini kasbga yo‘naltirib, iste’molchidan ishlab chiqaruvchiga aylantirish, shu orqali jamoat tashkilotlari va xayriya jamg‘armalariga qaramlikdan chiqarishga qaratilgan zamonaviy tizimlarni takomillashtirishda Gegel` taraqqiyot konsepsiyasining ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gegel` ijtimoiy falsafasida taraqqiyot konsepsiyasining mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mutafakkir ijodidagi kambag‘allik fenomeni genezisining kishilarda o‘z huquqlarini bilmaslikning ijtimoiy oqibatlari, halollik mezonlaridagi o‘zgarishlar, or-nomus va vijdon hislarining yo‘qolishi, boqimandalik kayfiyatining kuchayishi kabi omillarga tayanuvchi insoniy illatlar ochib berilganligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi nizomining 3 bob, 11-yo‘nalishada belgilangan yoshlarni vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb qilish, ularni «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan tadbirlarni samarali tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 9 iyundagi 3-13-23-1684-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘lom oila qurish, mas’uliyat va yaxshilik qilish bo‘yicha ma’naviy raqobatga oid ilmiy qarashlar, uni shakllantirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
oilaning mustahkam bo‘lishida alohida inson irodasining oila irodasi oldidagi mas’uliyati, majburiyat, burch, yaxshilik kabi tushunchalar bilan o‘zaro dialektik bog‘liq ekanligi inson faoliyatida huquq va axloq mutanosibligiga erishish vositasida asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent shahar Sirg‘ali tumanida 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 17 iyundagi 152-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertasiya materiallari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar dasturi VI. Aholining internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar oid sohalar bo‘yicha onlayn viktorinalar tashkil etishda xizmat qilgan;
mutafakkir tomonidan ilgari surilgan qonun ustuvorligi g‘oyasining davlat hokimiyati idoralari va barcha fuqarolar uchun birdek majburiyligi to‘g‘risidagi konstruktiv fikrlari kumulyativ mazmunga egaligi sababli zamonaviy huquqiy davlatni barpo qilishning metodologik asosi ekanligi to‘g‘risidagi mulohazalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2022 yil 2022 yil 21 oktyabrdagi 943-455-955-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali tomonidan efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvining mazmuni ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
falsafiy tafakkur taraqqiyoti bilan bog‘liq jamiyatda kambag‘allikni qisqartirish, muhtoj aholi qatlamini kasbga yo‘naltirib, iste’molchidan ishlab chiqaruvchiga aylantirish, shu orqali jamoat tashkilotlari va xayriya jamg‘armalariga qaramlikdan chiqarishga qaratilgan zamonaviy tizimlarni takomillashtirishda Gegel` taraqqiyot konsepsiyasining ahamiyatli ekanligi borasidagi ilmiy yangiliklaridan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturining IV - yo‘nalishi partiyaning ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida vazifalari doirasida fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlash, to‘liq va samarali, oqilona bandligi va bunga teng qiymatli mehnatni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat bozorining muvozanatlanganligi va infratuzilmasini ta’minlash, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustuvorligi sifatida ishsizlik darajasini qisqartirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etishda dissertasiya materiallaridan foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2022 yil 14 sentyabrdagi 01-27-1414-son ma’lumotnomasi). Natijada kambag‘allik darajasida yashayotgan muhtoj aholi qatlamini kasbga yo‘naltirish orqali, iste’molchidan ishlab chuqaruvchiga aylantirish borasidagi ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan.