Narimanov Qahramon Gulyamdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon gnoseologik-axloqiy konsepsiyalarining falsafiy-komparativistik tadqiqi», 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal.202.
Ilmiy rahbar: Izzetova Emine Mustafaevna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Namozov Bobur Baxrievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachalik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon bilish konsepsiyalarining gnoseologik va axloqiy jihatlarini kompleks falsafiy ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon falsafasi shakllanishining ilk fan va haqiqiy fan bosqichi bilan bog‘liq prakseologik, madaniy, ijtimoiy-tarixiy omillari va insonning bilish imkoniyatlariga oid genetik, ijtimoiy muhit, tafakkur uslubiga oid g‘oyaviy manbalari haqidagi qarashlar falsafiy jihatdan asoslangan;
xorijlik va O‘zbekiston faylasuflari tomonidan Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon bilish konsepsiyalarining hissiy, nazariy, empirik, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarini farqlashga qaratilgan yondashuvlaridagi adekvatlikning fenomenologik jihati ochib berilgan;
Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon bilish falsafasida sensualizm, ratsionalizm va empirizmning ijtimoiy g‘oyalarga asoslanganligining sababi axloqning tushuncha, tamoyil va me’yorlar bilan o‘zaro dialektik aloqadorligida ekanligi isbotlangan;
Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekonning metodologik an’analarini kognitiv, faktologik, metodologik, aksiologik, pragmatik, ssientik mazmundagi ilmiy bilish va fanga oid paradigmalari keyingi davr falsafiy maktablar, ta’limotlarga konstruktiv ta’siri dunyoning yaxlit ilmiy manzarasini bilish jihatdan ahamiyatga egaligi isbotgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon axloqiy-gnoseologik konsepsiyalarining falsafiy-komparativistik tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida: 
Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon falsafasi shakllanishining ilk fan va haqiqiy fan bosqichi bilan bog‘liq prakseologik, madaniy, ijtimoiy-tarixiy omillari va insonning bilish imkoniyatlariga oid genetik, ijtimoiy muhit, tafakkur uslubiga oid g‘oyaviy manbalari haqidagi qarashlar falsafiy jihatlariga oid xulosalar, taklif va tavsiyalardan “O’zbekiston tarixi” telekanalining turkum ko‘rsatuvlaridan “Tarixiy savol” tok-shousining 2021 yil 29 avgustdagi “Beruniy va uning ilmiy merosi” mavzusida o‘tkazilgan sonida, 2020 yil 23 oktyabrdagi “Mavzu” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 15 oktyabrdagi 04-15/2081-son dalolatnomasi). Natijada, teleko‘rsatuv va eshittirishlarga dissertatsiya materiallari va undagi ilmiy xulosalar metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan;
xorijlik va O‘zbekiston faylasuflari tomonidan Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon bilish konsepsiyalarining hissiy, nazariy, empirik, mantiqiy va intuitiv bilish darajalarini farqlashga qaratilgan yondashuvlaridagi adekvatlikning fenomenologik jihatiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining «Yoshlarga oid davlat siyosati targ‘iboti oyligi» loyihasini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2022 yil 23 sentyabrdagi 4-13-23-3116-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborini yanada kuchaytirishga hamda bu boradagi bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qilgan;
Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekon bilish falsafasida sensualizm, ratsionalizm va empirizmning ijtimoiy g‘oyalarga asoslanganligining sababi axloqning tushuncha, tamoyil va me’yorlar bilan o‘zaro dialektik aloqadorligida ekanligiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining  Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 28 sentyabrdagi 02-11/266-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirishga va davra suhbatlarini o‘tkazishda xizmat qilgan.  
Abu Rayhon Beruniy va Frensis Bekonning metodologik an’analarini kognitiv, faktologik, metodologik, aksiologik, pragmatik, ssientik mazmundagi ilmiy bilish va fanga oid paradigmalari keyingi davr falsafiy maktablar, ta’limotlarga konstruktiv ta’siri dunyoning yaxlit ilmiy manzarasini bilish jihatdan ahamiyatga egaligi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik  institutining har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Beruniy o‘qishlari” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida va “Sharq xalqlari fani va madaniyati” bo‘limidagi tadqiqotlarda foydalanilgan (Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti 2022 yil 6 oktyabrdagi 516-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Abu Rayhon Beruniy merosini ilmiy tadqiq etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish