Mengliqulov Umid Mamadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxon vohasi etnomadaniyati (genezisi, xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari)», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyatshunoslik va madaniyat falsafasi). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal179.
Ilmiy rahbar: Nishanova Ozoda Djalolitdinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor; Tursunov Nurullo Narzullaevich, tarix fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Surxon vohasi etnomadaniyatining genezisi, xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalarini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek etnomadaniyatining jahon madaniyati rivoji va sivilizatsiyalar almashinuvidagi ahamiyati, tarixiy-etnografik, antropologik, xo‘jalik-madaniy tipda rivojlanganligi hamda hozirgi davrdagi madaniyatlararo dialog, o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi roli ochib berilgan; 
surxon vohasidagi urf-odat, an’ana va diniy tasavvurlarning o‘zbek etnomadaniyatini rivojlantirishdagi aksiologik asoslari etnogenetik jihatdan diffuzionizm, baynalminallashuv va vorisiylik vositasi ekanligi isbotlangan;
surxon vohasi etnomadaniyatiga baynalminal (tojik, turkman, arab xalqlari) madaniyatlar ta’sirining milliy til, turmush tarzi, xo‘jalik faoliyatida namoyon bo‘lishi, mazkur holat turli xalqlar madaniyatlari dialogi, sivilizasiyaviy hamkorligini konstruktiv vositasi sifatida amal qilishi asoslangan;
surxon etnomadaniyatidagi qadriyatlar dinamikasi, aksiologik ideallarning ijtimoiy muhit ta’sirida transformasiyasi, zamon va makonga moslashishi ijtimoiy-axloqiy ong, bayram, oilaviy-maishiy marosimlarda o‘z aksini topishi dalillangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon vohasi etnomadaniyatining genezisi, xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
o‘zbek etnomadaniyatining jahon madaniyati rivoji va sivilizatsiyalar almashinuvidagi ahamiyati, tarixiy-etnografik, antropologik, xo‘jalik-madaniy tipda rivojlanganligi hamda hozirgi davrdagi madaniyatlararo dialog, o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi roliga oid xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ish faoliyatida, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaror dasturining V bob «Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot tadbirlari» 21 bandi «Boy ma’naviy merosimiz, me’moriy va tarixiy yodgorliklarni keng targ‘ib qilish, xorijiy mehmonlarda mamlakatimizning tarixi, milliy urf-odatlari haqida to‘g‘ri ma’lumot berish va ijobiy imijini shakllantirish» maqsadida O‘zbekistonning turistik shaharlarida faoliyat olib boradigan gidlar uchun uslubiy qo‘llanma tayyorlashda hamda mazkur Qarorning VIII bob «Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustaqkamlashga doir tadbirlar» 34 bandi «O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi, me’moriy va tarixiy yodgorliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida YuNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 14 yanvardagi 0207-33-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarini amaliyotga joriy etilishi yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirish hamda milliy-tarixiy qadriyatlarimizga hurmat hissini shakllantirishga xizmat qilgan; 
surxon vohasidagi urf-odat, an’ana va diniy tasavvurlarning o‘zbek etnomadaniyatini rivojlantirishdagi aksiologik asoslari etnogenetik jihatdan diffuzionizm, baynalminallashuv va vorisiylik vositasi ekanligiga oid xulosalardan «Etnomadaniyat» o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 89.03-495-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot ishi natijalari o‘quv qo‘llanmani Surxon etnomadaniyati borasidagi ilmiy ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan;
surxon vohasi etnomadaniyatiga baynalminal (tojik, turkman, arab xalqlari) madaniyatlar ta’sirining milliy til, turmush tarzi, xo‘jalik faoliyatida namoyon bo‘lishi, mazkur holat turli xalqlar madaniyatlari dialogi, sivilizatsiyaviy hamkorligini konstruktiv vositasi sifatida amal qilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida hamda «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda, jumladan, 2021 yil 18 noyabrda o‘tkazilgan «O‘zbekiston fuqarolarining qadriyat mezonlari va tamoyillari» mavzusidagi chuqurlashtirilgan interv`yu shaklidagi sotsiologik so‘rovda foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 5 dekabrdagi 14-07-2110-son, «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2022 yil 1 iyuldagi 01-16/162-son ma’lumotnomalari). Dissertatsiya ilmiy natijalaridan foydalanish natijasida madaniy-gumanitar sohalardagi tadbirlar, tadqiqotlar Surxon vohasi haqidagi yangi, faktik ma’lumotlar bilan boyigan hamda ilmiy xulosalar sotsiologik so‘rovnomani natijadorligini oshishiga xizmat qilgan;
surxon etnomadaniyatidagi qadriyatlar dinamikasi, aksiologik ideallarning ijtimoiy muhit ta’sirida transformatsiyasi, zamon va makonga moslashishi ijtimoiy axloqiy ong, bayram, oilaviy-maishiy marosimlarda o‘z aksini topishiga oid xulosalardan Surxondaryo viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazi tomonidan amalga oshirilgan IZ-20170927504-son «Surxondaryo viloyati tarixiy ekoturizm salohiyati» nomli grant loyihasida foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hududiy innovatsiya faoliyati va texnologiyalar transferi markazining 2021 yil 27 yanvardagi 8/4-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar grant loyihasini yangi ilmiy-faktik ma’lumotlar bilan boyishiga hissa qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish