Jumanov Alisher Asatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarda integrativ yondashuv asosida texnologik kompetensiyani rivojlantirish (texnika oliy talim muassasalari talabalari misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3750.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Daminov Oybek Olimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarda integrativ yondashuv asosida texnologik kompetensiyani rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim integratsiyasi maqsadi, mazmuni, texnologiyasi va natijalarini o‘zaro to‘ldiruvchi tartib asosida loyihalashtirish hamda talabalarni o‘quv-bilish faoliyatidan kasbiy-yo‘naltirilgan faoliyatga bosqichma-bosqich o‘tish imkoniyatini beradigan texnologik kompetensiyani rivojlantirish zarurati asoslangan;
talabalarda texnologik kompetensiyani rivojlantirish metodikasi konstruktorlik topshiriqlari tizimini, ixtirochilik masalalarini echish algoritmini ishlab chiqish hamda muammoli videotopshiriqlar, vizuallashtirilgan o‘quv mashqlarni bajarish intensivligini texnologik ketma-ketligini loyihalash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda texnologik kompetensiyani rivojlantirishning tashkiliy tuzilmasi funksional jihatlarni integrativ yondashuvga ko‘ra aniqlash natijasida ta’lim jarayonining tizimlilik, uzluksizlik, variativlik, modulli o‘qitishga asoslangan texnologiyalari mazmunan boyitilgan;
talabalarda texnologik kompetensiyalarni rivojlanganlik darajalarini baholashning diagnostik imkoniyatlari loyihalash, anketa-so‘rov, ko‘p darajali testlar, ziddiyatli vaziyatlardan kompleks tarzda foydalanish asosida optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
talabalarda texnologik kompetensiyalarni rivojlanganlik darajalarini baholashning diagnostik imkoniyatlari loyihalash, anketa-so‘rov, ko‘p darajali testlar, ziddiyatli vaziyatlardan kompleks tarzda foydalanishga oid taklif va tavsiyalari “Pedagogik mahorat”, “Kasb ta’limi metodikasi” hamda “Amaliy kasbiy ta’lim metodikasi” o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 21 oktyabrdagi 02/01-01-55-son ma’lumotnomasi). Mazkur ishlab chiqilgan didaktik ta`minotlardan ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim sifatini oshirish va talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirish imkonini bergan;
ta’lim integratsiyasi maqsadi, mazmuni, texnologiyasi va natijalarini o‘zaro to‘ldiruvchi tartib asosida loyihalashtirish hamda talabalarni o‘quv-bilish faoliyatidan kasbiy-yo‘naltirilgan faoliyatga bosqichma-bosqich o‘tish imkoniyatini beradigan texnologik kompetensiyani rivojlantirish zaruratiga oid takliflardan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Namangan muhadislik-texnologiya instituti hamda Jizzax politexnika institutlari faoliyatida tajriba-sinovidan o‘tkazilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 21 oktyabrdagi 02/01-01-55-son ma’lumotnomasi). Mazkur model talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarda texnologik kompetensiyani rivojlantirishning tashkiliy tuzilmasi funksional jihatlarni integrativ yondashuvga ko‘ra aniqlash natijasida ta’lim jarayonining tizimlilik, uzluksizlik, variativlik, modulli o‘qitishga asoslangan texnologiyalari mazmunan boyitilganligi, talabalarda texnologik kompetensiyalarni rivojlanganlik darajalarini baholashning diagnostik imkoniyatlari loyihalash, anketa-so‘rov, ko‘p darajali testlar, ziddiyatli vaziyatlardan kompleks tarzda foydalanish zaruratiga oid yangiliklar “Pedagogik mahorat” fanidan elektron darslik, “Kasbiy ta’lim metodikasi” fani bo‘yicha elektron o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022 yil 21 oktyabrdagi 02/01-01-55-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron o‘quv qo‘llanma, mobil ilova talabalarning texnologik kompetensiyasini rivojlantirishga hamda ta’limda o‘quv kurslar mazmuni, o‘qitish metodikasi va pedagogik tajriba-sinov ishlarining sifat darajasini oshirishga xizmat qilgan.