Isaqov Abduvohid Abduvahobovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tasviriy san’at darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3113. 
Ilmiy rahbar: Xo‘jamberdieva Shahnoza Ko‘paysinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.   
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shoxida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Bulatov Saidaxbor Saidkarimovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tasviriy san’at darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasviriy san’at darslarida raqamli texnologiyalaridan foydalanishga qo‘yiladigan kursning o‘quv materiallarini mustaqil ishlab chiqish, elektron-ta’limiy resurslarni izlash, kataloglash, foydalanish, grafik muharrir yordamida rasmlarni yaratish va tahrir qilish kabi metodik talablar san’atning monotuzilmali, sintetik, texnik turlarini an’anaviy-raqamli (traditional+digital) ko‘rinishda uyg‘unlashuv darajasini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
tasviriy san’at darslariga doir o‘quv materiallarini tizimlashtirishning mantiqiy tuzilmasi amerikacha standart kodlashga asoslangan Art (American Standard Code for Information Interchange), kompyuter grafikasi, raqamli tasvir, fotografiya va demo (mul`timediali taqdimot) kabi raqamli ish shakllarini kompyuterli imitatsiya orqali loyihalashning pedagogik jarayonini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
tasviriy san’at darslarida raqamli texnologiyalarga asoslangan interaktiv o‘quv qo‘llanmadan foydalanishning amaliy jihatlari hayot davomida ta’lim olish (life-long-learning)ni individuallashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or o‘qitish texnologiyalarni (advanced-learning technologies) raqamli didaktikaning kontaminatsiya (aralash ma’lumotlar), ta’limiy kvant (modul), simulyasiya kabi interaktiv jihatlari adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
tasviriy san’at darslari mazmuni raqamli texnologiyalardan foydalanishning dizaynga oid ko‘nikmalarni intensiv rivojlantirish, nazariy, amaliy va onlayn darslarni raqamli o‘qitish tamoyillari asosida loyihalash, “san’at orqali hayotga” g‘oyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Tasviriy san’at darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tasviriy san’at darslarida raqamli texnologiyalaridan foydalanishga qo‘yiladigan kursning o‘quv materiallarini mustaqil ishlab chiqish, elektron-ta’limiy resurslarni izlash, kataloglash, foydalanish, grafik muharrir yordamida rasmlarni yaratish va tahrir qilish kabi metodik talablar san’atning monotuzilmali, sintetik, texnik turlarini an’anaviy-raqamli ko‘rinishda uyg‘unlashuv darajasini belgilash asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan tavsiyalaridan “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2019 yil 10 dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilga  (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 21 oktyabrdagi 01/11-02/02-1659-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasviriy san’at ta’limi mazmunini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
tasviriy san’at darslariga doir o‘quv materiallarini tizimlashtirishning mantiqiy tuzilmasi amerikacha standart kodlashga asoslangan Art, kompyuter grafikasi, raqamli tasvir, fotografiya va demo kabi raqamli ish shakllarini kompyuterli imitatsiya orqali loyihalashning pedagogik jarayonini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinf “Tasviriy san’at” fani uchun darslik yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 21 oktyabrdagi 01/11-02/02-1659-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli texnologiyalar asosida tasviriy san’at fanini o‘qitishning innovatsion vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
tasviriy san’at darslarida raqamli texnologiyalarga asoslangan interaktiv o‘quv qo‘llanmadan foydalanishning amaliy jihatlari hayot davomida ta’lim olishni individuallashtirishga yo‘naltirilgan ilg‘or o‘qitish texnologiyalarni raqamli didaktikaning kontaminatsiya, ta’limiy kvant, simulyasiya kabi interaktiv jihatlari adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 3 fevraldagi “Milliy o‘quv dasturiga asosan 2022/2023-o‘quv yili uchun chop etilishi rejalashtirilgan umumta’lim fanlaridan darslik hamda o‘quv-metodik majmualarning maketlarini yaratish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 39-sonli buyrug‘iga asosan, umumta’lim maktablarining 6-7 sinflari uchun “Tasviriy san’at” fanidan darslik yaratishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 21 oktyabrdagi 01/11-02/02-1659-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasviriy san’at o‘qituvchilarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
tasviriy san’at darslari mazmuni raqamli texnologiyalardan foydalanishning dizaynga oid ko‘nikmalarni intensiv rivojlantirish, nazariy, amaliy va onlayn darslarni raqamli o‘qitish tamoyillari asosida loyihalash, “san’at orqali hayotga” g‘oyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilan “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy, ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 22 oktyabrdagi 04/11-6627-son ma’lumotnomasi). Natijada tasviriy san’at darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanish uslubiyotini takomillashtirishning mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish