Saydalieva Gavxarxon Avazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek matnlarida sinonimlar qo‘llanishining stilistik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil887.
Ilmiy rahbar: Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Asqarova Shahnoza Kamaliddinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek matnlarida sinonimlar qo‘llanilishining stilistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inventarli, tushuntiruvchi, tezaurus kabi sinonimik lug‘atlarda berilgan sifatlarning mantiqiy-semantik munosabatlari sinonimik qatorda ifodalagan konseptlarni geshtal`t yondashuv asosida leksikografik manbalarda qayd etilmagan sinonimik munosabatlari aniqlangan;
sinonimlarni matndagi aniqlashtirish, o‘rin almashtirish, taqqoslash, o‘xshash xodisalarni qarama-qarshi qo‘yish, kuchaytirish kabi uslubiy vazifalari ingliz va o‘zbek lug‘atlari asosida, ularning intralingvistik va ekstralingvistik omillari kognitiv yondashuv asosida bir sinonimik qatorda turmaydigan nostandart leksik birliklarni kontekstga mos ravishda ma’nodosh birlik sifatida qo‘llanishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek matn uslublari (ilmiy uslub, rasmiy uslub, publisistik uslub va badiiy uslub) doirasida qo‘llaniladigan sinonimlarning matn shakllanishi jarayonidagi o‘rni va matn uslubiga asoslanib ma’no xiraliklarini oldini olish maqsadida sinonimlarning stilistik jihatdan pozision o‘rin almashishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi sinonim so‘zlarning diskursdagi ma’nosi uni o‘rab turgan kontekstning semantikasiga bog‘liqligi va leksemalarning semantik strukturadagi yangi ma’no komponentlari korpus tahlillari asosidagi so‘z birikmalari (unique collocation, strong collacation, weak collocation, medium-strength collocation), grammatik va kontekst stil mezonlari orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek matnlarida sinonimlarining stilistik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalar asosida:
inventarli, tushuntiruvchi, tezaurus kabi sinonimik lug‘atlarda berilgan sifatlarning mantiqiy-semantik munosabatlari sinonimik qatorda ifodalagan konseptlarni geshtal`t yondashuv asosida, shaxsning yaxlit aqliy tuzilmalari va ularning lingvistik xususiyatlariga doir xulosalardan “English-Uzbek Military Dictionary (with synonyms) mualliflik lug‘atida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘i). Tadqiqot natijalaridan oliy ta’lim muassasalari va mudofaa muassasalari faoliyatida kursantlarning bilim darajasini, so‘z boyligi va kommunikativ nutqini oshirishda “ENGLISH-UZBEK MILITARY DICTIONARY WITH SYNONYMS” lug‘ati (892-027 raqamli guvohnoma) asos bo‘lib xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3178-son ma’lumotnomasi va O‘zbekiston respublikasi mudofaa vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 25/10/1561-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atning mazmun kontentini boyishiga xizmat qilgan;
sinonimlarni matndagi aniqlashtirish, o‘rin almashtirish, taqqoslash, o‘xshash xodisalarni qarama-qarshi qo‘yish, kuchaytirish kabi uslubiy vazifalari ingliz va o‘zbek lug‘atlari asosida, ularning intralingvistik va ekstralingvistik omillari oid natijalardan “BASIC ENGLISH FOR COMPUTER ENGINEERS” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-077-raqamli guvohnomasi). Ushbu xulosalar talabalarda bir sinonimik qatorda turmaydigan leksik birliklarni kontekstga mos ravishda ma’nodosh birlik sifatida qo‘llay olish kabi bilim ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini yaratishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek matn uslublari (ilmiy uslub, rasmiy uslub, publisistik uslub va badiiy uslub) doirasida qo‘llaniladigan sinonimlarning matn shakllanishi jarayonidagi o‘rniga oid sinonimlarning stilistik jihatdan pozision o‘rin almashishiga oid nazariy xulosalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 3/18-F raqamli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi izohli lug‘atini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-768-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘atning mazmun kontentini boyishiga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi sinonim so‘zlarning diskursdagi ma’nosi uni o‘rab turgan kontekstning semantikasiga bog‘liqligi va leksemalarning semantik strukturadagi yangi ma’no komponentlari korpus tahlillari asosidagi xulosalariga oid natijalardan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “O‘zbek tilidagi matnlarni axborotlarni tahlil qilish va tasniflash tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-768-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar til birliklarining matn yaratish jarayonidagi o‘rni va matn uslublariga asoslangan holda sinonimlarning pozision o‘rin almashinuvi kontekstdagi ma’no xiraliklarini oldini olishga xizmat qilgan;