Raxmonov Azizxon Bositxonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini kasbiy kompetensiyasini mustaqil ta’lim faoliyatida shakllantirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Ped229.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon O‘rinboevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sabirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining mustaqil ta’limi faoliyatida kasbiy kompetensiyasini shakllantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni mustaqil ta’lim kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan PBL loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasining bosqichlari (I bosqich: muammolashtirish, konseptuallashtirish, maqsadlarni aniqlash, loyihani formatlash, loyiha jarayonini rejalashtirish; II bosqich: loyihani amalga oshirish; III bosqich: loyihani himoya qilish; IV bosqich: refleksiv va loyihadan keyingi davr) sinergetik yondashuv komponentlari integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasini mustaqil ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etishda spektrli model bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda maqsadli, tashkiliy, texnologik, baholovchi komponentlar hamda shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va sinergetik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasi hamda sinergetik yondashuvning integratsiyasi asosida tayyorlangan loyiha ishlarini faol pedagogik amaliyotga uzluksizlik algoritm bosqichlarini tatbiq etish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish mexanizmi xalqaro baholash talablarini mustaqil ta’lim faoliyatiga tatbiq etishga qaratilgan besh bosqichli boshlang‘ich A1, quyi A2, o‘rta B1, qoniqarli B2, va yuqori C1 darajalarini o‘z ichiga olgan milliy mezon indikatorlarini ishlab chiqish zarurati asoslangan;
bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini shakllantirishga qaratilgan tarkibiy-funksional modelda taklif qilingan loyiha mavzularini tanlash mezonlari va tamoyillari hamda 3 fazadan iborat bo‘lgan (passiv, faol va didaktik materillar) loyihalar realizatsiyasi sinergetik yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini kasbiy kompetensiyasini mustaqil ta’lim faoliyatida shakllantirish mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni mustaqil ta’lim kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan PBL loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasining bosqichlari (I bosqich: muammolashtirish, konseptuallashtirish, maqsadlarni aniqlash, loyihani formatlash, loyiha jarayonini rejalashtirish; II bosqich: loyihani amalga oshirish; III bosqich: loyihani himoya qilish; IV bosqich: refleksiv va loyihadan keyingi davr)ga oid xulosalardan A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutilf 2021-2022 yillarda amalga oshirilgan “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2022 yil 19 sentyabrdagi 04/1240-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishining ilmiy tavsiyalari bo‘lajak o‘qituvchi-tilshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va ularning kasbiy faoliyatini shakllantirish maqsadida innovatsion tadqiqot loyihasi asosida yaratilgan uslubiy ilovalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasini mustaqil ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetensiyani shakllantirishda maqsadli, tashkiliy, texnologik, baxolovchi komponentlar hamda shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va sinergetik yondashuvlarni o‘z ichiga olgan spektrli modelga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2015-2017 yillarda davlat ilmiy texnika doirasida bajarilgan «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atni tuzish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 29 avgustdagi 24/1671-son ma’lumotnomasi). Natijada darslik va lug‘at kontentini boyishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati loyihaga asoslangan ta’lim texnologiyasi hamda sinergetik yondashuvning integratsiyasi asosida tayyorlangan loyiha ishlarini faol pedagogik amaliyotga uzluksizlik algoritmi bosqichlariga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEPL “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va halqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 06 oktyabrdagi 279b-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak rus tili o‘qituvchilarini mustaqil ta’lim faoliyatida kasbiy kompetensiyasini shakllantirish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
talabalarning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish mexanizmi xalqaro baholash talablarini mustaqil ta’lim faoliyatiga tatbiq etishga qaratilgan besh bosqichli boshlang‘ich A1, quyi A2, o‘rta B1, qoniqarli B2, va yuqori C1 darajalarini o‘z ichiga olgan milliy mezon iedikatorlariga oid natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: «Computational Lingustics at Central Asian Universities» xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 269/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada 5 bosqichli boshlang‘ich A1, quyi A2, orta B1, qoniqarli B2, va yuqori C1 darajalarini o‘z ichiga olgan milliy mezonini ishlab chiqishiga xizmat qilgan.