Qaraeva Beg‘am Xolmanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda nutq madaniyatini shakllantirishning nazariyasi va amaliyoti”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Ped124.
Ilmiy maslahatchi: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda nutq madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish, metodikasini ilmiy asoslash va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda dars jarayonidagi amaliy va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari yordamida ta’lim jarayonini tashkil etishning samarador usullaridan iborat metodologiya nutq madaniyatini shakllantirishning lingvodidaktik asoslarini aniqlash orqali takomillashtirilgan;
xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarga ta’lim jarayonini tashkil etishning mexnizmi chet tilini o‘qitish ta’lim mazmuniga xat, xabar (rasmiy va norasmiy) maxsus ma’lumotlar (rezyume, taqriz, annotatsiya, sharhlash), esse (bayon va insholar), ilmiy ishlar (maqolalar) topshiriqlar komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
modulli tizimda xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi nuqtai nazaridan differensial yondashuv asosida bosqichma-bosqich A1, A2 bilim darajasi ko‘rsatkichlarini V1+ daraja bilan birgalikda qo‘llashning samaradorligi aniqlangan;
amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim jarayonida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari (tez aytishlar, maqollar, matallar, ertaklar, rivoyatlar va xalq qo‘shiqlari) yozilgan audiomatnlarni tinglash, talaffuz qilish va ijro etish yordamida fonetik kompetensiyani shakllantirish orqali talabalarni o‘zbek tilida to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning lingvodidaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
nazorat va tajriba guruhlarida talabalarning o‘zbek tilida nutq madaniyatini shakllantirish ko‘rsatkichlari orasidagi differensial tafovutni aniqlash orqali o‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish samaradorligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilining ikkinchi chet tili sifatida o‘rganilishida nutq madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishda nutq madaniyatini shakllantirishning nazariyasi va amaliyoti bilan bog‘liq jarayon ilk bor tadqiq qilinib, dars jarayonidagi amaliy mashg‘ulotlar va darsdan tashqari mashg‘ulotlar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etishning samarador usullariga oid xulosalardan Moskva davlat lingvistika universitetining ta’lim jarayonida foydalanilgan (Moskva davlat lingvistika universitetining 2022 yil 25 avgustdagi 28/4464-son ma’lumotnomasi). Natijada Moskva davlat lingvistika universitetida o‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha dasturlar mazmunini yanada boyishiga xizmat qilgan;
xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarga chet tilini o‘qitish ta’lim mazmuniga kiritilgan topshiriqlar: xat, xabar (rasmiy va norasmiy) maxsus ma’lumotlar (rezyume, taqriz, annotatsiya, sharhlash), esse (bayon va insholar), ilmiy ishlar (maqolalar) bilan ishlash bo‘yicha ta’lim jarayonini tashkil etishga oid natijalardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) -2020-1-DE01-KA107-005433- (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 12 sentyabrdagi IRD/27-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan materiallar nutq madaniyati kompetensiyasiga oid yangi ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
modulli tizimda xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi nuqtai nazaridan differensial yondashuviga oid xulosalardan Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects between Uzbekistan State University of World Languages and Ruhr University Bochum (Germany) - 2020-1-DE01-KA107-005433- (Evropa Ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Boxumdagi Rur universiteti (Germaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2022 yil 12 sentyabrdagi IRD/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida yaratilgan materiallar orqali talabalarning nutqiy madaniy kompetensiyasiga oid qiziqishlarining yanada ortishiga xizmat qilgan;
amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim jarayonida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari (tez aytishlar, maqollar, matallar, ertaklar, rivoyatlar va xalq qo‘shiqlari) yozilgan audiomatnlarni tinglash, talaffuz qilish va ijro etish yordamida fonetik kompetensiyani shakllantirish orqali talabalarni o‘zbek tilida to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatishning lingvodidaktik ta’minotiga, talabalarning o‘zbek tilida nutq madaniyatini shakllantirish ko‘rsatkichlari orasidagi differesial tafovutni aniqlash orqali o‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish samaradorligiga oid xulosalardan hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarning o‘zbek tili bilan uzviy jihatlari xususidagi qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat», «Adabiy jarayon» nomli eshittirishlarining ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 24 fevraldagi O’z/Rv-06-22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlarda berilgan ilmiy tavsiyalar tinglovchilarning muloqot madaniyati, ommaviy muloqot savodxonlgi bo‘yicha bilimlarini shakllantirish va o‘zbek tili nutq madaniyatini egallashlari uchun xizmat qilgan.