Nasrulloev Hayotjon Xabibulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.14–“Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1310.
Ilmiy rahbar: Mirzohid Komilov Mirsobitovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisod fanlar nomzodi, dotsent; Kenjaboev Omon Turg‘unovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi Bank-Moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida soliq ma’murchiligiga raqamli texnologiyalarini joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish markazlashgan tizimini joriy etish orqali virtual kassalar hamda elektron hisobvaraq-faktura ma’lumotlarini qayta ishlash va ular asosida soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish jarayonini raqamlashtirish asoslangan;
birlamchi buxgalteriya hujjatlarida mahsulot (tovar va xizmat)larning unifikatsiyalashgan nomlaridan foydalanish hamda tovarlarning shtrix kodlarini mahsulotlarning unifikatsiyalashgan nomlariga bosqichma-bosqich avtomatik ravishda bog‘lash orqali soliq to‘lovchilar faoliyatining shaffofligini ta’minlash taklifi asoslangan;
davlat ulushidagi hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar muassisligida tuzilgan yuridik shaxslarning elektron ro‘yxatini shakllantirish orqali dividendlar va sof foydadan ajratmalarni hisoblash va undirish yuzasidan o‘zaro axborot almashish tizimini joriy qilish asoslangan;
masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiyalarning elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabini o‘rnatish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq ma’murchiligiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali soliq bazasini kengaytirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish markazlashgan tizimini joriy etish orqali virtual kassalar hamda elektron hisobvaraq-faktura ma’lumotlarini qayta ishlash va ular asosida soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish jarayonini raqamlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5953-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 4 yanvardagi 08-00095-son ma’lumotnomasi). Takliflar natijasida 2019-2020 yillarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish hamda onlayn nazorat kassa mashinalaridan foydalanish kabi markazlashgan tizimlar keng joriy etilgan;
birlamchi buxgalteriya hujjatlarida mahsulot (tovar va xizmat)larning unifikatsiyalashgan nomlaridan foydalanish hamda tovarlarning shtrix kodlarini mahsulotlarning unifikatsiyalashgan nomlariga bosqichma-bosqich avtomatik ravishda bog‘lash orqali soliq to‘lovchilar faoliyatining shaffofligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 249-son “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 7 fevraldagi 18/1-09321-son ma’lumotnomasi). Natijada yagona elektron shartnomalarning axborot portalida tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni ixtiyoriy ravishda elektron ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tgan shartnomalar asosida mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) unifikatsiyalashgan nomlari va identifikatsiyalash kodlarini hisobvaraq-fakturalarda raqamlashtirilgan tarzda aks ettirish hamda tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari axborot tizimi orqali shartnoma yoki onlayn oferta asosida rasmiylashtirish tajriba tariqasida joriy etilgan;
davlat ulushidagi hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar muassisligida tuzilgan yuridik shaxslarning elektron ro‘yxatini shakllantirish orqali dividendlar va sof foydadan ajratmalarni hisoblash va undirish yuzasidan o‘zaro axborot almashish tizimini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son “O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 27 yanvardagi 18/1-05642-son ma’lumotnomasi). Taklif natijasida 2022 yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, er solig‘i, aksiz solig‘i va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisobotlarni Davlat soliq qo‘mitasida mavjud axborotlar asosida avtomatik ravishda shakllantirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan;
masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiyalarning elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlariga integratsiyalashgan va avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabini o‘rnatish taklifi O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son “O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2022 yil 27 yanvardagi 18/1-05642-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yil 1 fevraldan boshlab to‘lov tashkiloti, tijorat banklarining elektron to‘lov xizmatlari (shu jumladan mobil ilovalar orqali), ya’ni 12 ta elektron tijorat platformalari «Marketpleys»lar Fiskal ma’lumotlar operatori tizimiga integratsiya qilinib, masofadan turib amalga oshirilgan savdo va pullik xizmatlar bo‘yicha tranzaksiyalarning elektron cheklarida soliq organlari axborotlar tizimlarida shakllanuvchi fiskal belgilar aks etish mexanizmi joriy qilingan.