Kobilov Azizjon Orziqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vertebroplastika v lechenii bol`nix s gemangiomami pozvonochnika» (Umurtqa gemangiomasi bo‘lgan bemorlarni davolashda vertebroplastika ), 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib1050.
Ilmiy rahbar: Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayberdiev Qobil Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Urinbaev Payzilla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: punksion vertebroplastikasi diagnostikasi va texnikasini takomillashtirish orqali umurtqa gemangiomasi bo‘lgan bemorlarni samarali davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
suyak sementini umurtqa gemangioma bo‘shlig‘iga porsial yuborish uchun ishlab chiqilgan qurilma yordamida patologik bo‘shliqni to‘liq to‘ldirish imkoniyati isbotlangan;
suyak sementini porsial yuborish taktikasining samaradorligi isbotlangan: avval quyuq qismi, keyin pastasimon qismi yuborilib, birinchi porsiya kiritilgandan so‘ng  gemangioma bilan aloqa qiluvchi qon tomirlarni obliteratsiyaga uchratishi, bu esa sementning epidural bo‘shliqqa oqishini oldini olishi uchun muhim ekanligi va ikkinchi pastasimon porsiya gemangioma bo‘shlig‘ini to‘liq to‘ldirishga yordam berishi isbotlangan;
o‘smaning lokalizatsiyasi, hajmi, orqa devori butunligi, venoz kollektorlar va qon oqimining intensivligini baholash uchun venospondilografiyaning ahamiyati muhim ekanligi isbotlangan, bunda suyak sementining venoz chiqish yo‘llari bo‘ylab ko‘chishi ehtimolini taxmin qilish asoslangan;  
transpedikulyar yoki interkostovertebral, lokalizatsiya darajasiga va umurtqa gemangiomaning tarqalish xususiyatiga qarab punksion uslublar tanlovi asoslangan, bunda esa umurtqa tanasining nozik oyoqchalari sinishi xavfini kamaytirish va nevrologik kasalliklarni oldini olish uchun muhim axamiyatga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Ko‘krak-bel umurtqa pog‘onasi gemangiomalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalariga asoslangan xolda:
umurtqa pog‘onasining gemangiomasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalariga ko‘ra ishlab chiqilgan «Vertebroplastika uchun qurilma» foydali moslamaga Intellektual mulk agentligining patenti olingan  (2020 yil 15 iyundagi FAP 01670-son patenti). Olingan natijalar davolashning keyingi yaqin va uzoq natijalarini yaxshilanishiga, operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishiga imkon bergan;
umurtqa pog‘onasining gemangiomasi bo‘lgan bemorlarni vertebroplastika yo‘li bilan davolash natijalariga ko‘ra «Suyak sementi bilan perkutan vertebroplastika yordamida ko‘krak-bel umurtqalarining agressiv gemangiomalarini jarrohlik amaliyoti bilan davolash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 apreldagi 8p-z/381-son ma’lumotnomasi).  Olingan ma’lumotlar davolanish muddatini qisqartirish, salbiy asoratlar sonini kamaytirish va davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan;
suyak sement bilan ko‘krak-bel umurtqalarining agressiv gemangiomalarini jarroxlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha  olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari  sog‘likni saqlash  tizimiga, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-son klinikasi, Nogironligi bo‘lgan shahslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining Samarqand filiali va  Buxoro viloyati Kogon tumani tibbiyot birlashmasi amaliyotiga  joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 22 noyabridagi 08-37004-son xulosasi). Olingan natijalar  94,5% hollarda operatsiya qilingan bemorlarning mehnat faoliyatini saqlab qolishga, punksion vertebroplastika esa bemorlar asosiy guruhini 95% holatlarida og‘riq sindromining to‘liq regressiyasiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish