Yaxyoev Azim Sadilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quymich kosasi jaroxatida tashxislash va xirugik davolashga zamonaviy yondashuv», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1740.
Ilmiy rahbar: Valiev Erkin Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Fayzillo Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Mirzaev Shavkat Xusanovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kuymich kosasi shikastlangan bemorlarni davolash natijalarini takomillashtirish, saralashtirilgan, faol diagnostik-jarrohlik taktikasini ishlab chiqish va bemorlarni kuzatish hamda reabilitatsiyasining barcha bosqichlarida aqlli texnologiyalarni joriy etgan holda extimoliy asoratlalarni oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quymich kosasi og‘ir sinishlari bo‘lgan qo‘shma va ko‘p sonli jarohatlarda travmatik kasallikning kechishi istiqboli predictori sifatida diagnostikaning oltin soat tamoili asosida vaqtni tejash va shikastlanganlar umumiy axvoli og‘irligini aniqlash imkonini beruvchi to‘plangan ballar yig‘indisiga asoslangan Trauma Score (TS) baholash shkalasining yuqori samarasi isbotlangan;
bemorlar umumiy ahvolining gemodinamik buzilishlari va og‘irlik darajasiga ko‘ra ularni «yashil», «sariq», «qizil» zonalarga ajratish yo‘li bilan «triaj» tamoyiliga asoslangan hamda stabil/nostabil jarohatlarni xisobga olgan saralash taktikasi ilk marta asoslangan, bunda gospital bosqichining erta davrida tashxislash-davolash tadbirlari xajmini tizimlashtirish va standartlashtirish asoslangan;
yaratilgan yagona intellektual Smart IT-texnologiyasi ma’lumotlar bazasiga asoslangan server tizimi orqali quymich kosasi sinishlari bo‘lgan bemorlarning barcha parametrlarini dinamik ro‘yxatga olish, tashxislash va davolash hamda vrach va bemor orasida doimiy axborot almashinuvi yordamida erta reabilitatsiya davrida ehtimoliy kuzatiladigan barcha asoratlarni oldini olishi isbotlangan va ilmiy asoslangan;
og‘ir va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi quymich kosasi orqa qirrasi shikastlanishlarida jarohat soxasida terini 1-1,5 sm o‘lchamda kesish orqali bir vaqtning o‘zida S-yoyi kuzatuvi orqali korreksiyaga erishish va kanyulalangan vintlar yordamida osteosintez qilish imkonini beruvchi minimal invaziv perkutan osteosintezning yuqori darajadagi samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Quymich kosasi shikastlanishlarini tashxislash va jarrohlik davolashga zamonaviy yondashuvni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
quymich kosasi sinishini kam invaziv konyulali vintlar yordamida osteosintez qilish usullarini ishlab chiqish asosida «Chanoq suyagi va quymich kosasi sinishlarida zamonaviy osteosintez texnologiyalari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 maydagi 8-n-d/245-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bemorlarning ahvolini, shikastlanishning og‘irligini ob’ektiv baholash va jarrohlik davolash taktikasini asosli tanlash imkonini bergan;
«Trauma plan» Smart axborot tizimini ishlab chiqish orqali «Tos suyaklari va quymich kosasi jarohatlarini tashxislash va davolashda axborot texnologiyalarini qo‘llash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 maydagi 8-n-d/245-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bemorlarni davolash va reabilitatsiya bosqichlarida mutaxassislar tomonidan faol nazorat qilish, shuningdek, barcha turdagi asoratlarni bartaraf etish imkonini bergan;
quymich kosasi jaroxatida tashxislash va xirugik davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, (Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 2022 yil 21 noyabrdagi 08-36849-son ma’lumotnomasi) amaliy faoliyatiga kirgizildi. Tadqiqot natijalari bemorlarga individual yondashish orqali tos suyagi va quymich kosasi sinishlarida tashxislash va jarrohlik davolash sifatini yaxshilash, yotoq kunlarini o‘rtacha 5 kungacha qisqartirish va asoratlar ulushini 15% kamaytirish imkonini bergan.