Boltaev Saydulla Maxsudovichning

fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za majmuidagi ziroatlar hosildorligi va tuproq unumdorligiga noan’anaviy organo-mineral kompostlarni qo‘llash samaradorligini oshirish», 06.01.01–Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx50.

Ilmiy maslahatchi: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: O‘razmatov Nazir, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Oripov Razzoq Oripovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Toshqo‘ziev Ma’ruf Mansurovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: noan’anaviy organo-mineral kompostlarni qo‘shimcha oziqa va meliorant sifatida qo‘llash, tuproq unumdorligi uning meliorativ holatini yaxshilash, g‘o‘za majmuidagi ekinlar hosildorligini oshirish, mineral va mahalliy o‘g‘itlar hamda sho‘r yuvishga sarflanadigan suv me’yorlarini tejash texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bortaqirsimon tuproqlar sharoitida «Hovdak» bentonit loyqasi va turli go‘nglar asosida tayorlangan organo-mineral kompostining tuproq agrofizikaviy, agrokimyoviy, suv-fizik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;

organo-mineral kompostlarni g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va uning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan;

mineral o‘g‘itlar bilan birga turli xil go‘nglar va noan’anaviy agrorudalar asosida tayyorlangan kompostlarni o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda meliorant sifatida qo‘llash samaradorligi aniqlangan;

kompostlarni zararli tuzlar miqdorining kamayishiga, sho‘r yuvish uchun sarflanadigan suvni hamda mavsumiy mineral va mahalliy o‘g‘itlar sarfini tejash imkoniyati aniqlangan;

qoramol va qo‘y go‘nggi, parranda qiyi hamda «Hovdak» bentonit loyqasi aralashmalaridan turli nisbatlarda kompostlar tayyorlash texnologiyasi yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Noan’anaviy organo-mineral kompostlarni qo‘shimcha oziqa va meliorant sifatida qo‘llash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 

fermer xo‘jaliklariga qo‘llanma sifatida «Noan’anaviy agrorudalarni qishloq xo‘jaligi ekinlarida qo‘llash bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga tavsiyalar» tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 07/23-21-son ma’lumotnomasi). Respublikaning janubiy mintaqalari paxtachilik fermer xo‘jaliklarida yuqori va sifatli paxta hosili olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;

Surxondaryo viloyati sharoitida «Hovdak» konidagi bentonit loyqasi va turli go‘nglar asosida tayyorlangan noan’anaviy organo-mineral kompostlarni g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarga qo‘shimcha oziqa sifatida qo‘llash texnologiyasi Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq tumanlari paxtachilik fermer xo‘jaliklarida jami 430 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 07/23-21-son ma’lumotnomasi). Bunda organo-mineral kompostlarni qo‘llash natijadasida g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlardan gektariga 4-6 sentner qo‘shimcha paxta hosil olingan va rentabellik darajasi 25 foizni tashkil etgan;

noan’anaviy organo-mineral kompostlarni kuzgi bug‘doy va dukkakli don ekinlariga qo‘llash agrotexnologiyasi Termiz va Angor tumanlari paxtachilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 07/23-21-son ma’lumotnomasi). Bunda noan’anaviy organo-mineral kompostlarni qo‘llash natijasida kuzgi bug‘doydan gektaridan 5 sentner, takroriy moshdan 4,5 sentner qo‘shimcha hosil olingan va rentabellik darajasi 24-26 foizgacha oshishiga erishilgan;

kompostlarni o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda meliorant sifatida qo‘llab, tuproqni sho‘rsizlantirish agrotexnologiyasi Termiz tumanidagi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 8 yanvardagi 07/23-21-son ma’lumotnomasi). Bunda noan’anaviy organo-mineral kompost meliorant sifatida gektariga 21 tonna me’yorda qo‘llanilishi natijasida tuproqning haydov qatlamida zararli tuzlar miqdori 16,4 foizgacha kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish