Abduraximov Muhammad Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich xomashyo xossalari o‘zgaruvchan sharoitlarida, turli xil absorbent aralashmalaridan foydalangan holda tabiiy gaz sifatini yaxshilash», 04.00.13 – Neft` va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2471.
Ilmiy rahbar: Li Robert Chanirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O`ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Elyorbek Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor; Adizov Boburjon Zamirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tovar mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar va xomashyo parametrlarining o‘zgaruvchan sharoitlarida tabiiy gazning tarkibidan nordon komponentlarni ajratib olish uchun kompleks ta’sir etuvchi amin eritmasining optimal nisbatlarini aniqlash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
MDEA suvli eritmasiga ma’lum miqdorda DEA moddasini qo‘shish orqali ushbu eritmaning SO2 ga nisbatan yutuvchanlik qobiliyatining ortishi aniqlangan;
28 % li MDEA va 2 % li DEA konsentratsiyaga ega (nisbatida) eritmani qo‘llash, gaz tarkibidagi karbonat angidrid miqdori 1,5 % moldan past, N2S miqdori esa 3,5 ppm -dan past bo‘lishi va bu esa davlat standartiga mos tushishi aniqlangan;
kompozisiya tarkibida 28 % li MDEA va 2 % li DEA bo‘lgan eritmani qo‘llash, aylanma eritma miqdorini 10-11% gacha kamaytirishi aniqlangan;
taklif etilayotgan aminlar kombinatsiyasi yordamida absorbsiya jarayonini texnologik sxemasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich xomashyo xossalari o‘zgaruvchan sharoitlarida, turli xil absorbent aralashmalaridan foydalangan holda tabiiy gaz sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy gazni karbonat angidriddan (CO2) ajratish uchun amin kompozisiyalarini olish texnologiyasi «O‘zbekneftegaz» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 18 fevraldagi 03/17-5/26-son ma’lumotnomasi). Natijada, aylanma eritma miqdorini 10-11 % ga hamda tabiiy gazni transportga tayyorlashga sarflanayotgan operatsion xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
tabiiy gazni kombinatsiyalangan aminlar yordamida absorbsion tozalash texnologiyasi «O‘zbekneftegaz» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftegaz» AJning 2022 yil 18 fevraldagi 03/17-5/26-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gaz tarkibidagi SO2 miqdorini 1.5% gacha kamaytirish imkonini bergan.