Usmanov Mirumar Abdulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uy-joy qurilishi tarmog‘ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini takomillashtirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2351.
Ilmiy rahbar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Nargiza Sabitdjanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uy-joy qurilishi tarmog‘ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z faoliyatining innovatsion tavsif mezonlariga muvofiqligini ta’minlagan uy-joy qurilishi tarmog‘idagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yirik qurilish loyihalarining muayyan hajmini taqdim etish taklifi asoslangan; 
aholining kam ta’minlangan qatlami uchun iqtisodiy tejamkor uy-joylarning qurilishiga davlat xususiy sherikchilik mexanizmlari asosida jalb qilishni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro hamkorlikdagi kichik guruhlariga tatbiq etish orqali asoslangan;
uy-joy qurilishi tarmog‘idagi kichik biznes korxonalari uchun belgilangan xodimlarning o‘rtacha yillik soni ko‘rsatkichi me’yorini 50 foizga oshirish orqali faoliyat ko‘lamini ikki baravar kengaytirish taklifi asoslangan;
uy-joy qurilish ishlari hajmi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning miqdoriy bog‘liqligining ekonometrik tahlili asosida tarmoqning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-joy qurilishi tarmog‘ida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘z faoliyatining innovatsion tavsif mezonlariga muvofiqligini ta’minlagan uy-joy qurilishi tarmog‘idagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yirik qurilish loyihalarining muayyan hajmini taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Uy-joy qurilishida kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatidan foydalanish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 18-06/13335-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy qurilishi tarmog‘idagi yirik qurilish loyihalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini oshirish orqali tarmoqni yanada innovatsion rivojlantirish bo‘yicha strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
aholining kam ta’minlangan qatlami uchun iqtisodiy tejamkor uy-joylarning qurilishiga davlat xususiy sherikchilik mexanizmlari asosida jalb qilishni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining o‘zaro hamkorlikdagi kichik guruhlariga tatbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Uy-joy qurilishida kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatidan foydalanish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 18-06/13335-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholining kam ta’minlangan qatlami uchun iqtisodiy tejamkor uy-joylarning qurilishida davlat xususiy sherikchiligi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etish orqali tarmoqda raqobat muhitini yanada yaxshilashga erishilgan;
uy-joy qurilishi tarmog‘idagi kichik biznes korxonalari uchun belgilangan xodimlarning o‘rtacha yillik soni ko‘rsatkichi me’yorini 50 foizga oshirish orqali faoliyat ko‘lamini ikki baravar kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Uy-joy qurilishida kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatidan foydalanish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 18-06/13335-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy qurilishi tarmog‘idagi kichik biznes korxonalarida xodimlar sonini oshirish orqali kichik biznes korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish va qo‘shimcha yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda foydalanilgan;
uy-joy qurilish ishlari hajmi va unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning miqdoriy bog‘liqligining ekonometrik tahlili asosida tarmoqning 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan “Uy-joy qurilishida kichik tadbirkorlik sub’ektlari salohiyatidan foydalanish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 18-06/13335-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan amaliyotda foydalanish natijasida qurilish tarmog‘ining istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish parametrlari tahlil qilinib, ular o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish