Ravshanov To‘yli Gulmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmlari (Malayziya mamlakati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1633.
Ilmiy rahbar: Alieva Mahbuba To‘ychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Madaniy meros ob’ektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Baxodir Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirishning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm turlarini ko‘paytirish, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga sayohatlar tashkil qilishga ko‘maklashish, ziyorat turizmini rivojlantirish uchun milliy va hududiy dasturlar ishlab chiqish hamda ularni monitoring qilish bo‘yicha “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boshqarmasi”ni tashkil etish taklif etilgan;
ziyoratgohlar atrofida halol talablarni joriy etish orqali ziyorat turizmi dasturi doirasida yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga erda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun e’lon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilish taklif etilgan;
mahalliy turistlarning mamlakat bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish, ichki va ziyorat turizm yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan aviaqatnovlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan avia chipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiyalash taklif etilgan;
“Imom Buxoriy” majmuasi atrofida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati natijalari, ular olgan daromaddan to‘langan soliqlar, tadbirkorlar oluvchi daromadga ta’sir etuvchi omillar asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bevosita soliqlarni hisoblash, undirish hamda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
turizm turlarini ko‘paytirish, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga sayohatlar tashkil qilishga ko‘maklashish, ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha milliy va hududiy dasturlar ishlab chiqish hamda ularni monitoring qilish uchun “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boshqarmasi”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022 yil 19 fevraldagi “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-135-son qarorida aks etgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 04-26/2411-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish, muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarga sayohatlarni samarali tashkil etishga erishilgan;
ziyoratgohlar atrofida halol talablarni joriy etish orqali ziyorat turizmi dasturi doirasida yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xorijiy aviakompaniyalar havo kemalariga erda ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari uchun e’lon qilingan tariflarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son qarorida aks etgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 04-26/2411-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar soni 4 tadan
6 taga ko‘payishiga erishilgan;
mahalliy turistlarning mamlakat bo‘ylab sayohatlarini tashkil etish, ichki va ziyorat turizm yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan aviaqatnovlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan avia chipta narxining 25 foizi miqdorida subsidiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 100-son qarorida aks etgan hamda Turizm va madaniy meros vazirligining Investisiyalarni jalb etish, turizm va transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi amaliyotida joriy etilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 04-26/2411-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirda aviatashuvchilarga ushbu yo‘nalishlaridagi aviaqatnovlarni amalga oshirilganliklari uchun 30,0 mlrd.so‘m davlat byudjetidan ajratilgan;
“Imom Buxoriy” majmuasi atrofida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati natijalari, ular olgan daromaddan to‘langan soliqlar, tadbirkorlar oluvchi daromadga ta’sir etuvchi omillar asosida 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Turizm va madaniy meros vazirligi Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boshqarmasining istiqboldagi rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 13 iyundagi 04-26/2411-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish Samarqand viloyatida 2022-2025 yillarda ziyorat turizmi sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligi hamda aniqligini ta’minlashga imkon yaratgan.